Evleaks niki ostida tanilgan mashhur insayder Evan Blass yangi barcha uchta Samsung flagmanlari — Galaxy S21, S21+ va S21 Ultra’ning rasmiy renderi seriyasini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Galaxy S21 lineykasining dizayni ko‘p jihatdan o‘zidan oldingi Galaxy S20 modelini takrorlaydi. Faqat Samsung o‘zining yangi smartfonlari uchun kameralar modulini noodatiy joylashtirgan bo‘lib, u yon korpusga silliq yopishib ketadi. Shu bilan birga, u sezilarli darajada korpusdan bo‘rtib turadi.
Galaxy S21, S21+ va S21 Ultra modellari bir-birdan faqat o‘lchamlari, korpuslar rangi va kameralar soni bilan farq qiladi. Ularning deyarli barchasi ingichka hoshiya va displey markazidagi frontal kameraga ega.
Galaxy S21 lineykasining taqdimoti odatdagidan ertaroq — yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. Hozircha yangi modellar narxi haqida ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Samsung Galaxy S21+ birinchi bor “jonli” holatda iPhone 12 Pro Max bilan taqqoslangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)