TheElec nashri Apple’ga ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchilardan biriga tayanib, kompaniya AirPods Pro Lite shartli nomiga ega naushniklarni yaratish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.
Naushniklar silikon “nasadka”li AirPods Pro dizayniga ega bo‘lib, u quloq kanalini to‘liq yopadi, biroq qurilma shovqinni so‘ndiruvchi faol funksiyaga ega bo‘lmaydi. Shu orqali kompaniya xaridorlarga ancha arzon yoki qimmat ichki kanalli naushniklarni taqdim etish niyatida, chunki oddiy AirPods’larning shakli hammaga ham to‘g‘ri kelmaydi.
Apple yetkazib beruvchisining hisobotida yozilishicha, AirPods Pro Lite oddiy versiyalardan 20 foiz arzonroq bo‘ladi. Shu sababli uning narxi 249 emas, balki 119 dollar bo‘lishi kutilmoqda. U 2021-yilning birinchi yarim yilligida taqdim etiladi.
Yangi naushniklar oldingi AirPods Pro’dan nimasi bilan farq qilishi hozircha noma’lum.
Avvalroq Apple kompaniyasi o‘zining birinchi to‘liq o‘lchamli naushnigi — AirPods Max’ni taqdim etgan edi.
Izoh (0)