Daryo

Samsung Galaxy S21+ birinchi bor “jonli” holatda iPhone 12 Pro Max bilan taqqoslandi (video)

Navbatdagi video orqali smartfonni o‘lchamlari, kameralar bloki, shuningdek, ekrandagi hoshiyalar eni orqali taqqoslash mumkin

1 daqiqa o‘qish46 916 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Internetda Samsung Galaxy S21+ bilan bog‘liq materiallar paydo bo‘lishni davom etmoqda. Bu safar yangi qurilma iPhone 12 Pro Max bilan yoqilgan holatda taqqoslandi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Navbatdagi video orqali smartfonning o‘lchamlari, kameralar bloki, shuningdek, ekrandagi hoshiyalar eni orqali taqqoslash mumkin. Bu borada Samsung Galaxy S21+ raqibini ortda qoldiradi. Bundan tashqari, uning ekranining old qismida frontal kamera uchun ajratilgan teshik juda kichkina, iPhone 12 Pro Max’da esa u eskirgan qosh ko‘rinishicha (2017-yilda taqdim etilgan iPhone X’dagi kabi).

Shuningdek, iPhone 12 Pro Max o‘tkir burchakli ingichka korpusga ega bo‘lgan, Samsung korpusining burchaklari esa orqa panelining chetlari hisobiga doirasimon ko‘rinish olgan.

Samsung Galaxy S21 lineykasining taqdimoti 2021-yilning 14-yanvar sanasiga mo‘ljallangan, biroq Samsung bu ketishda muxlislarini hayratlantira olmaydi. Chunki anonsga qadar smartfon haqida barcha narsa oshkor bo‘ladi.

Avvalroq Samsung Galaxy S21 quvvatlantirgichsiz sotuvga chiqishini isbotlovchi dalillar paydo bo‘lgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar