Yevropa Ligasi 6-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, to‘rt nafar futbolchi haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomi uchun kurash olib boradi.
- Maksimilian Bayer (“Hoffenhaym”) — “Gent”ga qarshi o‘yinda (4:1) ikkita gol;
- Ali Sou (SSKA Sofiya) — “Roma”ga qarshi bahsda (3:1) ikkita gol;
- Leon Beyli (“Bayer”) — “Slaviya”ga qarshi uchrashuvda (4:0) ikkita gol;
- Jovani lo Chelso (“Tottenhem”) — “Antverpen”ga qarshi bellashuvda (2:0) gol va 79% uzatmalar aniqligi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)