“Milan” Yevropa Ligasi 6-turi doirasidagi 10-dekabr kungi o‘yinda “Sparta”ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).
Milanliklarning barcha musobaqalar doirasida safar uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 18 o‘yinga yetdi.
Bu klub uchun 1993-yildan keyinga eng yaxshi natija hisoblanadi. 27 yil avval “Milan” ketma-ket 20 ta safar o‘yinida yutqazmagandi.
Stefano Pioli shogirdlari yil oxirigacha ikkita safar o‘yini o‘tkazadi: Eldor Shomurodov to‘p tepadigan “Jenoa” va “Sassuolo”ga qarshi.
“Milan” Yevropa Ligasining H guruhida “Lill”, “Sparta” va “Seltik” jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Yakunda “rossonerilar” birinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)