• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bosim pasaydi emas, olti kun umuman gaz bo‘lmadi”. Buxoroda aholi aynan nima sababdan yo‘llarni to‘sdi?

    Boshi: Buxoroda aholi gaz yo‘qligi sabab yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumani “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Qorako‘l tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholining gaz ta’minoti tizimidagi muammolardan norozi bo‘lib, mashina yo‘lini to‘sib, katta ko‘chaga chiqqani tasvirlangan videolavhalar tarqaldi.

    Foto: “Daryo”

    Voqea tafsilotini o‘rganishni maqsad qilgan “Daryo” muxbiri “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida bo‘ldi.

    Filial mas’ullariga ko‘ra, havo haroratining pasayishi oqibatida ayrim aholi punktlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashda uch-to‘rt kunlab bosim pasayishi kuzatilgan. Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga esa “Sohibkor” gaz taqsimlash stansiyasidagi ikkinchi jo‘mrakning yopilishi sabab bo‘lgan. Natijada hududga tabiiy gaz yetkazib beruvchi quvurlarda bosim 6 dan 1,8 atmosferaga tushib qolgan. Natijada 1,3 mingdan ziyod aholi xonadoni gaz ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelgan.

    Foto: “Daryo”

    Surishtiruv jarayonida “Daryo” muxbiri “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Sholg‘omxo‘ron qishlog‘ining bir nechta aholisi bilan suhbatda bo‘ldi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdusamad Xalilov mas’ullarning “havo sovushi tufayli uch-to‘rt kun gaz bosimi pasaydi” degan gapini inkor qildi.

    Abdusamad Xalilov. (chapdan birinchida)

    Abdusamad Xalilov. (chapdan birinchida)
    Foto: “Daryo”

    “Pasaydi emas, olti kun umuman gaz bo‘lmadi. Xalq bekordan-bekorga hech qachon ko‘chaga chiqmaydi. Axir chaqaloqlar bor, yosh-u qari bor, nogironlar-u bemorlar bor. Koronavirus bilan xastalanib yotgan oilamiz bor. Bo‘ldi, men yaxshisi, ortiqcha so‘zlamoqchi emasman. Endi bunga hojat yo‘q, chunki kerakli joyga chaqirishdi, “tushuntirish” bo‘ldi, biz ham tushuntirib berdik. Shuning uchun men sizlardan uzr so‘rayman... Aholining ko‘chaga chiqishi bo‘yicha kecha prokuraturaga chaqirishgandi, kunduzi soat 11:00 da kirganimiz, kechki 16:00 gacha prokuraturada qolib ketdik. Hozir ham shu yoqqa ketayapman”, — dedi mahalla raisi Abdusamad Xalilov.

    Hayit Qodirov.

    Hayit Qodirov.
    Foto: “Daryo”

    Ushbu mahallada yashovchi Hayit Qodirov esa qishloqda sakkiz-o‘n kun gaz bo‘lmaganini, gaz bosimi keskin pasayganini aytdi.

    “Shuning uchun aholi norozilik bildirib, ko‘chaga chiqqan. Muammoni aytganimizda, kelishdi, va’da berishdi, lekin va’da ustidan chiqilmadi. Xalq shuning uchun ham norozlik bildirdi. Bundan oldin tabiiy gaz ta’minotida hech qachon bunday muammolarga duch kelmaganmiz. Ayni paytda hech qanday muammomiz yo‘q”, — dedi Hayit Qodirov.

    Ibrohim Yo‘ldoshev aholining noroziligidan keyin qishloqqa yuqori bosimli gaz berilganini bildirdi.

    “Havoning keskin sovishi sabab ‘O‘ztransgaz’ aksiyadorlik jamiyati Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xonadonlarga yetarli darajada gaz berilmagan va bu aholining noroziligiga sabab bo‘lgan. Ayrim xonadonlarda tabiiy gaz ta’minoti pasayib, ayrimlarida esa umuman o‘chib qolgan. Bundan tashqari, aholi xonadonlari o‘rganilganda, tabiiy gaz quvurlarining noto‘g‘ri ulanishi sabab tabiiy gaz suyuqligining pechlargacha yetmay qolish holatlari aniqlandi. Hozirgi kunda ‘Rabotipoyon’da hech qanday shikoyat yo‘q”, — dedi “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali Buxoro tuman bo‘limi boshlig‘i Jahongir Jumayev.

    Foto: “Daryo”

    Qorako‘l tumanidagi Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli Qorako‘l gaz taqsimlash stansiyasidan tumandagi iste’molchilarga 6 atmosfera bosimi ostida yetkazib berilayotgan tabiiy gaz taqsimlash stansiyasidagi 2-raqamli jo‘mrak orqali 1,8—2 atmosferaga qisqartirilishi natijasida xonadonlarga berilayotgan tabiiy gaz ta’minoti to‘xtab qolgan. Bu esa tumandagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali xodimlari, viloyat hokimligi mutasaddilari hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning shikoyatlari tinglangan. Gaz ta’minoti bilan bog‘liq yuzaga kelgan masalalarni bartaraf qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan.

    Qorako‘l tuman hokimligi axborot xizmati rahbariga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilgan hamda natijada “Do‘stlik” MFYdagi 762 nafar iste’molchi tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Shundan 385 nafar iste’molchida foydalanilgan tabiiy gaz uchun 45 million 44 ming so‘m debitor qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.

    Foto: “Daryo”

    Ob-havoning keskin sovishi tufayli ajratilgan tabiiy gaz resursiga nisbatan gaz iste’moli hajmi oshib ketishi natijasida quvurlarda bosimning pasayishi kuzatilgan. Shuningdek, aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan quvurlarga qo‘lbola qurilmalar o‘rnatilgani gaz taqsimotiga sun’iy ta’sir ko‘rsatgan.

    “Gaz va elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatib qo‘yilgach, noroziligimizga sabab bo‘ldi-da! Hozirda ayrim xonadonlardagi gaz quvurlariga ulangan sun’iy so‘rg‘ichlarning olib tashlangani sabab, mana, tabiiy gaz ta’minoti yana qayta tiklandi. Bundan tashqari, ‘Tojikent’ mahallasida ham uchta kata so‘rg‘ich qo‘yilgan. Shu ham bartaraf etilsa, ham tabiiy gaz, ham elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanadi, deb o‘ylaymiz”, — deydi qorako‘llik fuqaro Gulzoda Ne’matova.

    Mavzuga doir: Buxorodagi yana bir tuman aholisi gaz yo‘qligi sabab yo‘lni to‘sib qo‘ydi

    11.12.2020, 10:50   Izoh (0)   31371
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 33 nafar bank xodimi korrupsiya va mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi

    11.12.2020, 07:40

    Jizzaxda xizmat mashinasi yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimiga chora ko‘rildi

    11.12.2020, 07:24

    Andijon va Samarqandda noqonuniy pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi

    11.12.2020, 06:54

    Farg‘onada 2 tup chinor va bir tup tolni noqonuniy kestirgan bog‘cha mudirasiga 15 mln so‘m jarima yozildi

    11.12.2020, 06:38

    Osiyo taraqqiyot banki rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish prognozini yaxshiladi

    10.12.2020, 23:57

    Chinozda yuk avtomobillarining og‘irligi va kengligini nazorat qiluvchi ko‘chma tarozi ishga tushirildi

    10.12.2020, 23:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiyada Etna vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 09:20

    Toshkentda skuter haydovchisi Damas urib yuborishidan halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 09:04

    “Fayzullayevni ijaraga berish kerak. Keyin qimmatga sotish mumkin” — “SSKA” sobiq futbolchisi

    Sport | 3 iyun, 09:02

    Juda ko‘p miqdorda firibgarlik qilgan o‘zbekistonlik AQSHdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 08:33

    Turkiyada salkam 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 08:19

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.