Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yo‘l-patrul xizmati xodimi xizmat avtomobilida yo‘l qoidani buzgani aks etgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Videoda Jizzax shahrida viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan 25 231 VSF davlat raqam belgili Lacetti maxsus xizmat avtomashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 3-bandida belgilangan talablarni buzgan holda, ya’ni piyodalar o‘tish joyidan oldin chizilgan 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlanganligi hamda o‘ng tomonga burilish vaqtida qoidalarning 45-bandida belgilangan o‘ngga burilish talablarni buzib harakatlangani aks etgan.
YHXBB tomonidan ma’lum qilinishicha, holat o‘rganib chiqilgan va Lacetti xizmat avtomashinasi biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Izoh (0)