Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson (50-6, 44 KO) va to‘rtta divizion sobiq chempioni Roy Jons (66-9, 47 KO) o‘zaro jang oldidan doping testidan o‘tdi.
Afsonaviy bokschilar Ko‘ngillilar antidoping agentligi (VADA) dasturi doirasida doping testidan o‘tgan.
Kaliforniya atletika komissiyasi ijrochi direktori Endi Fosterning ma’lum qilishicha, qon tahlillari bokschilarda doping yo‘qligini ko‘rsatgan. Tayson va Jons jang boshlanishidan avval ham doping nazoratidan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 29-noyabr tongi soat 08:00—09:00 oralig‘ida boshlanadi.
Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jangni bu yerda ko‘rish mumkin — havola.
Izoh (0)