Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 24-turida doirasidagi ikkita o‘yin 25-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Lokomotiv” jamoasi safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs olib bordi. 8-daqiqada Javohir Alijonov tomonidan urilgan gol “temiryo‘lchilar”ga g‘alaba olib keldi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Lokomotiv” 34 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Qo‘qon-1912” (38) esa 5-pog‘onada qoldi va uchinchi o‘rin uchun kurashdan chiqdi.
Yana bir o‘yin musobaqa autsayderlari — “Surxon” va “Buxoro” o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 70-daqiqada Aleksandr Kasyan penaltini aniq amalga oshirgan holda termizliklarni oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar tugayotgan bir vaqtda Fayzullo Jumanqo‘ziyev hisobni tenglashtirdi.
“Surxon” 17 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda, “Buxoro” (14) esa so‘nggi o‘ringa joylashgan. Ligani tark etadigan jamoa nomi so‘nggi turlarga qoldi.
Coca-Cola Superliga
24-tur bahslari
25-noyabr, chorshanba
“Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv” 0:1
Gol: 0:1 – 8 Alijonov.“Qo‘qon-1912”: Islom Abdullayev, Bobur Akbarov, Quvondiq Ro‘ziyev, Sardor Azimov, Oybek Rustamov, Muzaffar Muzaffarov (Hamidillo Abduhamidov, 46), Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich (Avazxon Mamatxo‘jayev, 63), Filip Rayevats (Yakuba Bamba, 59), Murod Xolmuhammedov.
“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Kaxi Maxaradze (Shahzod Shaymanov, 86), Vadim Afonin (Avazbek O‘lmasaliyev, 62), Azizbek Amonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Javohir Alijonov (Jahongir Abdumo‘minov, 74), Dilshod Komilov (Farruh Ibrohimov, 62), Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Jaloliddin Jumaboyev, Diyorjon Turopov (Marat Bikmayev, 63).
Ogohlantirishlar: Rayevats (29), Rustamov (53), Holmuxammedov (79), Amonov (80), Abduhamidov (87), Ilyosov (89).
“Surxon” — “Buxoro” 1:1
Gollar: 1:0 – 70, penalti Kasyan, 1:1 – 90+4 Jumanqo‘ziyev.Ogohlantirishlar: Karimov (41), Fomin (84).
Chetlatish: Fomin (86) – “Buxoro”.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)