• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Qurilish: Usmon” serialida rol ijro etayotgan aktyor Ma’ruf Otajonov Turkiya telekanali tomonidan e’tirof etildi (video)

    Aktyor Ma’ruf Otajonov turk kino yulduzi Burak O‘zchivit bilan birgalikda “Qurilish: Usmon” deb nomlangan tarixiy serialda mo‘g‘ul imperatori Geyhatu rolini ijro etmoqda.

    Foto: Instagram / @atvturkiye

    Foto: Instagram / @atvturkiye

    Foto: Instagram / @atvturkiye

    Foto: Instagram / @atvturkiye

    Foto: Instagram / @atvturkiye

    Foto: Instagram / @atvturkiye

    Ma’ruf Otajonov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu rolga hech qanday kastinglarsiz tanlab olingani haqida gapirib berdi.

    Turkiyada mening Farhod Badalov degan bir shogirdim bor edi. Bir kuni telefon qilib qoldi, meni Amir Temur rolida o‘ynaganimni rejissorga aytganligini va suratimni yuborishimni so‘radi. Surat yubordim, keyin “

    Ertagayoq samolyotda uchib kelishingiz shart ekan” dedi. “To‘xta-to‘xta, nima gap o‘zi?” dedim. “Bu yerda turklar ‘Qurilish: Usmon’ nomli serial suratga olyapti. 28 ta davlat bilan shartnoma tuzilgan. Sizni gap-so‘zsiz qabul qilishdi. Hech qanaqa kastingdan o‘tmaysiz. Rolingiz juda ham zo‘r, lekin 3 kunlik syomkangiz bor” deb aytdi.

    Shu shogirdim Farhodning gapi bilan Turkiyaga bordim. Turkiyada o‘zimizning aktyorlarni ham ko‘rdim. “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari, do‘stlarimiz kutib olishdi. Do‘stlarim Boir Xolmirzayev, Tohir Saidov xursand bo‘lib, “Siz shunaqa serialga olinibsiz”, deb tabriklashdi.

    O‘zim esa ikkilanib turgandim. Dinimiz bir bo‘lishi mumkin, lekin tilda muammo bo‘lishi mumkin deb o‘yladim. 10 kuncha tayyorlanib olaman deb ham rejalab olgan edim. Lekin 10 kun emas, 3 kundan keyin syomkaga chaqirishdi.

    Matnni berishdi, qo‘limga matnni olganimda meni qo‘rquv bosdi. Buni eplay olmasligimni bildim. Bu mo‘g‘ul imperatori obrazi ekan, juda katta shov-shuvga ega rol ekan. Bitta narsa menga dalda bo‘ldi: “Men o‘zbekman, o‘zbekistonlikman. Men O‘zbekistonning aktyoriman, shu yerda tarbiya topdim. Menda g‘urur degan narsa bor”, deb o‘zimga o‘zim tinmasdan qaytarib turdim. Bu narsani ichki monolog deyishadi. Qaysi millatdan bo‘lishidan qat’i nazar, meni hurmat qilib chaqirdimi, men hech qachon millatimni pastga urmayman.

    Til bilmayman desam, ketishim ham mumkin edi, lekin o‘ynayman, dedim. Men o‘zbek aktyorining qanaqa kuchga ega ekanligini qo‘limdan kelguncha ko‘rsatishni o‘zimga maqsad qildim.

    Xullas, bordim. 200 dan ortiq odamdan tashkil topgan jamoa. Hammasi turklar. Ularning ko‘zidan bilinib turibdi, menga juda katta ishonch bildirishgan. Kelib birma-bir tanishishyapti. Men falonchiman deb ismini aytyapti,  “Men Ma’rufman” deyman. “O Ma’ruf abi, Ma’ruf abi”, deyishdi. Meni yaxshi qabul qilishdi.

    Syomkamni tugatdim, ertasiga telefonlarda Turkiyaning bir kanalida reklama ketyapti. Men ham paydo bo‘lyapman. Hayron qolyapman, tavba, kechagina o‘ynagan narsam. Yana to‘g‘ridan to‘g‘ri turk tilida gapiryapman.

    30-qismda o‘ynagan rolim uncha katta  emasdi. Lekin hajm tomondan katta edi. Keyin rejissor navbatdagisiga chaqirib,  “Ma’ruf abi, ko‘rdingmi? Xursandmisan?” dedi. “Xursandman, xursandman” dedim. “Biz undan-da xursandmiz” dedi.

    Meni taklif qilgan Farhod Badalov oldida uni uyaltirib qo‘ymaganimdan xursand bo‘ldim. Chunki ularning oldida Farhod katta hurmatga ega ekan. U bizning u yerdagi boshlig‘imiz hisoblanadi. Menda Farhod uyalmasin, degan narsa turibdi. “Ustozimni chaqirdim, sharmanda qilib qo‘ymasin” degan o‘y bilan yurgan bo‘lsa-chi, degan narsa doim xayolimdan o‘tib turardi. Allohga behisob shukr, bu narsa bo‘lmadi. Ularda o‘zimga nisbatan ko‘proq qiziqish uyg‘otdim.

    Ma’ruf Otajonov, aktyor, rejissor

    Ayni kunlarda “Qurilish: Usmon” tarixiy seriali namoyish etilayotgan ATV turk telekanalining Instagram sahifasida aktyor Ma’ruf Otajonov ijrosidagi mo‘g‘ul imperatori rolini e’tirof etgan.

    Ma’lumot uchun, aktyor Ma’ruf Otajonov “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” hujjatli filmida Amir Temur rolini ijro etgan. Bundan tashqari, u rus kinematograflari tomonidan suratga olingan bir qancha seriallarda turli darajadagi rollarni ham ijro etgan.

    Mavzuga doir:

    • “Uyimni lom bilan buzib, chilparchin qilganman”. Aktyor Ma’ruf Otajonov 60 yoshida ijarada yashayotgani sababini ma’lum qildi (video)
    • Instagram: “Yoshlarga yomon o‘rnak ko‘rsatayotgan” Shahlo, Burak O‘zchivit bilan rol ijro etayotgan navbatdagi o‘zbek aktyori

    25.11.2020, 20:47   Izoh (0)   60522
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alyonushka, Ayozbobo va Kashey: Sovet ertak-filmlari qahramonlarining fojiali taqdiri (foto)

    25.11.2020, 18:22

    Xorijiy filmlarda suratga tushgan turk aktyorlari (foto)

    25.11.2020, 14:59

    “Ko‘ngil ko‘chalari”dagi Suqsur hozir qayerda? U nega kinolarda ko‘rinmay qoldi? (foto)

    25.11.2020, 12:34

    Ekranda xunuk qizlarni gavdalantirgan turli millatlarga mansub go‘zal aktrisalar (foto)

    25.11.2020, 09:56

    “Uyda yolg‘iz” 30 yoshda: Sevimli film qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

    23.11.2020, 20:48

    Nesrin Javadzade “Qora niyat”dagi hamkasbiga ko‘ngil qo‘ydi, Neslihan Atagul xalqaro loyihada. Turk kinosi yangiliklari

    23.11.2020, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.