Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Nihoyat koronavirusga topshirgan testim natijasi salbiy chiqdi”, — deb yozgan u 23-noyabr kuni o‘zining Telegram kanalida.
U odam kasallanish xavfini anglab yetib imkon qadar o‘zini himoya qilishi lozimligi, niqob taqish, masofa saqlash, o‘zini yakkalash, vitaminga boy, to‘laqonli ovqatlanish, sport rejimi — bularning hammasi birgalikda muhim ahamiyatga egaligi va odamga umid berishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 9-noyabr kuni Ukraina prezidenti devoni Vladimir Zelenskiyda koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgandi. Shu kuni prezident devoni rahbari Andrey Yermak ham koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. 12-noyabr kuni ularning ikkovi ham Feofaniya kasalxonasiga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.
Keyinroq Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarga yangiliklarni o‘zi yetkazib turishini aytdi. 19-noyabr kuni Ukraina prezidentining koronavirusga yana bir marta topshirgan testi ijobiy natija berdi, shu bilan birga, o‘zini yaxshiroq his qilishni boshlagani, hid sezishi qaytganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyunda Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskayada ham koronavirus aniqlandi. 16-iyunda Ukraina birinchi xonimi ikki tomonlama polisegment pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, Vladimir Zelenskiyning o‘zi esa maxsus ish rejimiga o‘tgandi. 4-iyun kuni Yelena Zelenskaya COVID-19 koronavirus infeksiyasidan tuzaldi va kasalxonadan chiqdi.
Izoh (0)