Daryo

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusga chalindi

Prezident devonining Facebook’dagi sahifasida aytilishicha, u o‘zini yaxshi his qilmoqda va o‘zini yakkalagan holda vazifalarini bajarishda davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish28 284 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyda koronavirus aniqlandi, deb xabar bermoqda Meduza. Prezident devonining Facebook’dagi sahifasida aytilishicha, u o‘zini yaxshi his qilmoqda va o‘zini yakkalagan holda vazifalarini bajarishda davom etmoqda.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Prezident saytida aytilishicha, 9-noyabr kuni Zelenskiy COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha konferensiyada ishtirok etgan.

Xabarda aytilishicha, prezident devoni xodimlari muntazam ravishda koronavirusga test topshirib turadi. Idora rahbarining o‘rinbosari Yuliya Kovaliv ushbu testdagi natijasi salbiy, idora rahbari Andrey Ermakda esa ijobiy chiqqan.

Zelenskiyning o‘zi ham Facebook’dagi sahifasida COVID-19’ga testi ijobiy chiqqanini tasdiqlagan. Prezident o‘zini yaxshi his qilayotganini va ishlashda davom etib, kasallikni yengib o‘tishiga ishonishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yanada og‘irlashgani tufayli 2020-yil mart oyida e’lon qilingan favqulodda holat rejimi 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi. Prezident Ukrainada bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni 9,5 ming kishidan oshsa, qat’iy cheklovlar joriy qilinishini aytgandi.

Avvalroq Kiyev meri Vitaliy Klichko koronavirusga chalingani xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar