O‘zbekiston delegatsiyasi “Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya “Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya 2020-yilning 24–27-noyabr kunlari Seul shahrida tashrif bilan bo‘ladi.
Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Avvalroq Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 15–22-noyabr kunlari AQShga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida tashqi ishlar vaziri Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi.
Delegatsiya 20-noyabr kuni O‘zbekiston–AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundida ishtirok etdi. Shuningdek, Abdulaziz Komilov AQShdagi o‘zbekistonliklarga davlat mukofotlarini topshirdi.
Izoh (0)