Toshkent metropoliteni bekatlaridagi 17 ta vestibyul 2020-yilning 24-sentabr kuni vaqtincha yopilgandi.
Toshkent metropoliteni unitar korxonasi ma’lum qilishicha, ayni paytda ularning sakkiztasi yo‘lovchilarni qabul qilmoqda. 9 ta vestibyul texnik sabablariga ko‘ra yopiqligicha qolmoqda.
Yopiq qolayotgan vestibyullar:
“Hamid Olimjon” bekati – “NBU” banki tomonidagi vestibyul;
“Amir Temur xiyoboni” bekati – 50-maktab yonidagi vestibyul;
“Mirzo Ulug‘bek” bekati – “Milliy” stadioni tarafidagi vestibyul;
“Toshkent” bekati – Bosh pochtampt tomonidagi vestibyul;
“Oybek” bekati – Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
“Kosmonavtlar” bekati – O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidagi vestibyul;
“Abdulla Qodiriy” bekati – Gyote instituti yonidagi vestibyul;
“Minor” bekati – Moliya instituti tomonidagi vestibyul;
“Mustaqillik maydoni” bekati – Mustaqillik maydoni tomonidagi vestibyul.
“Toshkent metropoliteni” 2020-yilning 10-dekabrigacha metropolitenning barcha vestibyullari bosqichma-bosqich ochilishini ma’lum qildi.
Avvalroq Toshkent metropoliteni yangi metro vagoni tomidan suv sizib chiqqani bo‘yicha izoh bergandi.
Izoh (0)