• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abdulaziz Komilov AQShdagi o‘zbekistonliklarga davlat mukofotlarini topshirdi

    AQShda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 19-noyabr kuni o‘zbekistonlik Saidahmad Arslanovga “Shuhrat” medali va elchixonaning birinchi kotibi Faxriddin Mo‘minovga “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga tayanib, “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

    Foto: O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi

    Foto: O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 27-avgustdagi farmoniga binoan Saidahmad Arslanov mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, mustaqillik g‘oyalariga sadoqati, fidokorona mehnati, vatanparvarligi, jamoat hayotida faol ishtirok etish orqali qo‘lga kiritilgan sharaf va hurmat uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.

    Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan ASO Systems kompaniyasi prezidenti Saidahmad Arslanov 18 yildan ortiq vaqt davomida AQShda yashab keladi. U ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda hamda turli xayriya tadbirlarini o‘tkazishda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari bilan doimiy ravishda hamkorlik qilib kelmoqda.

    Xususan, u 2019-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sayloviga AQShda tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda faol ishtirok etdi. Shuningdek, 2020-yil aprel oyida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi hamda Amerika qit’asi mamlakatlaridagi diaspora tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan “Biz O‘zbekistonga befarq emasmiz” xayriya aksiyasining bosh koordinatori bo‘ldi.

    Foto: O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi

    Foto: O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi

    Pandemiya davrida AQSh va Kanadadagi vatandoshlar 100 ming dollardan ko‘proq pul yig‘di. S.Arslanov va boshqa vatandoshlarning faol yordami bilan ushbu mablag‘lar evaziga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun 350 ta kislorod konsentrati va 200 ta pulsoksimetr sotib olindi.

    Shuningdek, u AQShda O‘zbekistondagi ko‘makka muhtoj fuqarolarga yordam berish uchun tashkil etilgan Give to Get International Inc xayriya fondining faol a’zolaridan biri hisoblanadi.

    Hozir Saidahmad Arslanov O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi, shuningdek, IT Park bilan hamkorlikda respublikamizda axborot texnologiyalari sohasida AQShda tan olinadigan sertifikatlar berishni joriy etish loyihasi ustida ishlamoqda.

    S.Arslanov Prezident Shavkat Mirziyoyevga yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi, Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi, AQSh va Kanadadagi o‘zbek diaspora tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan “Biz O‘zbekistonga befarq emasmiz” xayriya aksiyasini ushbu mamlakatlardagi vatandoshlarimizni jipslashtirganini ta’kidladi.

    Mavzuga doir: Abdulaziz Komilov diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi

    “Qisqa vaqt ichida ushbu aksiya 100 ming dollardan ko‘proq mablag‘ to‘pladi. Unda barcha diaspora tashkilotlari rahbarlari va faollari, Amerika ishbilarmon doiralari va mahalliy nodavlat tashkilotlari vakillari, san’at homiylari, olimlar va madaniyat xodimlari faol qatnashdi.

    O‘zbekiston xalqi va Prezidenti mening timsolimda o‘zbek xalqining taqdiri va sog‘lig‘iga befarq bo‘lmagan AQSh va Kanadadagi vatandoshlarimiz hamda do‘stlarimizning kamtarona hissasini yuqori baholadi. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari va O‘zbekiston xalqiga AQSh va Kanadadagi barcha vatandoshlarimiz va do‘stlarimiz nomidan meni “Shuhrat” medali bilan taqdirlagani uchun minnatdorlik bildiraman”, – dedi Saidahmad Arslanov.

    Avvalroq Abdulaziz Komilov Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

    21.11.2020, 15:36   Izoh (0)   24349
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana 200 o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot konteynerlarini yetkazib berdi

    21.11.2020, 14:17

    Har yili o‘tkaziladigan O‘zbekiston—AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining shakli strategik sheriklik muloqotiga aylantirildi

    21.11.2020, 13:34

    “Shu sohaning ichidan chiqqan odamlar yig‘layverib, endi gapirmay ham qo‘ydi”. Otabek Bakirov Toshkent bosh rejasi haqida

    21.11.2020, 13:16

    Chilonzor tumanining bir qismi tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik sabab issiqlik ta’minotisiz qoldi

    21.11.2020, 12:39

    Foto: San’at muzeyi yangi binosining loyihasi

    21.11.2020, 11:38

    Prezident tanqididan so‘ng Qashqadaryoda suvga mas’ul 3 nafar rahbar ishdan olindi

    21.11.2020, 11:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.