International Job Organization xususiy bandlik agentligining mansabdor shaxslariga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakuniga yetib, ish jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga oshirildi.
Kompaniya mansabdor shaxslari pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.
“Kun.uz”ning ma’lum qilishicha, jinoyat ishida 2620 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb topilgan va ularga yetkazilgan jami zarar miqdori 18 milliard 484 million so‘mni tashkil qiladi. Dastlabki tergov davrida yetkazilgan zararning bor-yo‘g‘i 591 million so‘mi qoplangan.
Kompaniya rahbari – 1993 yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs – Abdurahmonov Sherzod Abdulhamidovich 2020-yil 10-iyun kuni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Xususiy bandlik agentligi vakillari Janubiy Koreya va Yevropa qit’asida joylashgan davlatlarga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan 45 million so‘mgacha pul mablag‘larini olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir qator xususiy bandlik agentliklari mansabdorlari ustidan jinoyat ishlari ochilgach, hukumat tomonidan mamlakatdagi barcha xususiy bandlik agentliklarini tugatish bo‘yicha Prezidentga taklif kiritilishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga doir:
- Toshkentda odamlarni qariyb 1,5 mlrd so‘mga chuv tushirgan xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga sud hukmi o‘qildi
- O‘zbekistondagi 3 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi
- Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarni aldash yo‘li bilan 80 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ noqonuniy tarzda o‘zlashtirilgan
Izoh (0)