Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qo‘shma Shtatlarga amalga oshirgan ishchi tashrifi davomida 19-noyabr kuni AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Lisa Ferdinando / Office of the Secretary of Defense Public Affairs

Foto: Lisa Ferdinando / Office of the Secretary of Defense Public Affairs
Ma’lum qilinishicha, Kristofer Miller O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralariga ko‘maklashish, mamlakat iqtisodiy tiklanishini va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini ijobiy baholagan. Vazirlar “Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini yanada rivojlantirish va mustahkam siyosiy barqarorlashuvni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlagan”.

Foto: Lisa Ferdinando / Office of the Secretary of Defense Public Affairs

Foto: Lisa Ferdinando / Office of the Secretary of Defense Public Affairs

“Vazir Komilov AQShga O‘zbekistonning mudofaa sohasini modernizatsiya qilishga ko‘rsatayotgan doimiy yordami uchun minnatdorchilik bildirgan. Vazir vazifasini bajaruvchi Miller va tashqi ishlar vaziri Komilov ikki mamlakat harbiy idoralararo ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashning ahamiyatini ta’kidlab o‘tgan va terrorizmga qarshi kurash, chegaralarda xavfsizlikni ta’minlash hamda mudofaa institutlari potensialini oshirish kabi masalalardagi yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatlarini bildirib o‘tgan”, — deyiladi xabarda.

Kristofer Miller “Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi yetakchi roli uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan va Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini, mintaqadagi davlatlar bilan xavfsizlik sohasidagi umumiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishga tayyorligini yana bir bor ta’kidlab o‘tgan”.

Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni muhokama qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi