Jizzax viloyatida qorda qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi, deya xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan Do‘stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olindi.
Qayd etilishicha, 14 nafardan ziyod haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Ta’kidlanishicha, So‘nggi kunlarda kuzatilayotgan noqulay ob-havo, qor, yo‘llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda.
Yo‘llar muzlash oqibatida sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko‘rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan haydovchi va yo‘lovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Avvalroq Farg‘onada 12 metrlik chuqurlikda qolib ketgan ishchi hamda Toshkent viloyatida tuproq bosib qolgan qurilish ishchisi qutqarib qolingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)