• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden atrofida. Jahon matbuoti AQShning yangi prezidenti haqida nimalar yozmoqda?

    Jahon matbuoti sharhi ruknining bu soni AQShning yangi prezidenti – Jo Baydenga bag‘ishlanadi. Bayden Yaqin Sharqda qanday siyosat yuritadi? Shimoliy Koreya va Xitoy bilan munosabatlari qanday bo‘ladi. Jahonning yetakchi nashrlari bu savollarga javob qidirmoqda.

    Baydenning Isroil va Falasin borasidagi tashqi siyosati qanday bo‘ladi?

    Jo Bayden anchadan beri Trampning Isroil, Eron borasidagi diplomatiyasini tanqid qilib keladi. Bayden hattoki Tramp Qorabog‘ masalasida Turkiyaning mintaqadagi rolini o‘stirgani haqida ham gapirdi. Bayden Twitter’dagi sahifasida qoldirgan postidan anglash mumkinki, Bayden AQShning xalqaro siyosatdagi o‘rnini bildirib qo‘yishi mumkin. 11-noyabr sanasida Twitter’da e’lon qilgan postida Jo Bayden “xorijiy rahbarlarga murojaat qilar ekanman, AQSh katta siyosatga qaytadi. Biz o‘yinga qaytamiz”, deb izoh qoldirdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Saylov kampaniyasining so‘nggi qismlarida Bayden Yaqin Sharq masalasida AQShning o‘rni qanday bo‘lishiga alohida to‘xtaldi. Bayden Eron masalasida yumshoq ohangda gapirar ekan, Tehron bilan o‘ziga xos munosabatlar o‘rnatilishi borasida fikr bildirdi. Bayden Trampni tanqid qilar ekan, uning siyosati Eronni yadro qurolini yaratish pallasiga olib kelgani haqida ham nutq so‘zladi. Bayden Eron bilan Obama davrida kelishilgan shartnomalar amalga oshishini ta’minlashi ham mumkin.

    Tramp hukumati 2018-yildan beri Eron bilan kelishilgan yadro bitimi kelishuvidan ancha orqaga qadam tashladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi bitimni bekor qildi. Bayden esa kelishuv qonuniyligini ta’minlashga harakat qilmoqchi. Bayden oldida esa Eronni Obama davrida kelishilgan shartnoma borasida muzokaralar stoliga qaytara oladimi degan savol ham yuzaga keldi.

    Bayden, shuningdek, BAA, Sudan, Bahrayn hamda Isroil bilan Tramp davrida imzolangan kelishuvlarga ijobiy baho berar ekan, Isroil va arab davlatlari o‘rtasida kelishuv imzolanishiga kelgusida katta hissa qo‘shishi mumkinligi haqida gapirdi. Baydenning bu fikrlarini Trampga nisbatan olqish deb baholash mumkin.

    Tog‘li Qorabog‘ masalasida Bayden Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi ixtilof tezkor ravishda hal qilinishi kerakligi haqida gapirar ekan, Eron va Turkiyaning mojarodagi ishtirokini tanqid qildi.

    Bayden Turkiya bilan yaxshi sherikchilik munosabatlarini bekor qilishi mumkin. Sababi, o‘tgan yilning oxirlarida Bayden Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning siyosatiga baho berarkan, uni “avtokrat” deb atagandi.

    Xulosa qilish mumkinki, Baydenning tashqi siyosati Saudiya Arabistoni, Turkiya, Isroilga nisbatan sovuq tus olishi, Eronga nisbatan ancha yumshoqroq siyosat olib borilishi haqida tasavvur uyg‘otmoqda. Baydenning vitse-prezidenti Kamala Xarris Isroilga nisbatan iliq siyosat tarafdori bo‘lsa-da, Eron borasida Baydenning fikriga qo‘shilmoqda. Keksayib qolgan Bayden hokimiyati davrida yosh Xarris xonim Baydenni kutilmagan qarorlar qabul qilishga ko‘ndirishini taxmin qilish mumkin. Bayden esa eng keksa saylangan prezident sifatida AQSh tarixida nomi bulg‘anmasligini chin dildan xohlaydigan prezidentlardan biridir.

    Rasmiy Pekinning Baydenni tabriklashi ortida nima yotibdi?

    Uzoq davom etgan jimlikdan keyin nihoyat Xitoy Jo Baydenning prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklamoqda, deb yozadi BBC.

    Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Venbin o‘z tabrigida “biz amerikaliklarning tanlovini hurmat qilamiz va janob Bayden va Xarris xonimga o‘z tabrigimizni yo‘llaymiz” mazmunida tabrik xati yo‘lladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Odatda hukumat rahbarlarining bunday tabriklari pafos va xursandchilikka boy bo‘lsa-da, Xitoy mulozimlarining tabrigi quruq va soddaligi Xitoy hukumati rahbari Si Szinpin saylov natijalarini e’tirof etishdan boshqa yo‘li qolmagani bilan izohlanadi.

    Tabrikdan avval Van Venbin AQShdagi saylovlar borasida “natijalarni saylov ko‘rsatadi, belgilab beradi” degan bayonotlar bilan izohlab kelgan va Jo Baydenning prezident sifatida g‘olibligini istamayotganini ko‘rsatgan edi. Nega? Bayden, Tramp tashqi siyosatida farqli ravishda, NATOdagi hamkorlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. U Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda Xitoyning YeIda amalga oshirmoqchi bo‘lgan siyosatiga zarba berishi mumkin.

    Rasmiy Pekin Baydenga tabrik xati yuborgan ekan, demak, Xitoyning Baydenning saylovda g‘olib bo‘lganini e’tirof etishdan boshqa yo‘li qolmagan ko‘rinadi. Har doimgidek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat AQSh va Xitoy uchun, balki dunyoning boshqa davlatlari uchun ham muhim hisoblanadi.

    Tramp davrida AQSh va Xitoy munosabatlari savdo urushlari natijasida ancha zarar ko‘rdi, orqaga ketdi. Tramp Covid-19 pandemiyasini “Xitoy virusi” deb nomlab, Xitoyni kamsitdi. Qo‘shimcha tarzda, Xitoyning Gonkong va Tayvanga, Shinjondagi uyg‘urlarga nisbatan agressiv siyosati ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni sovib ketishiga olib keldi.

    Hozirgi savol esa quyidagicha: Bayden hokimiyat tepasiga kelgach Xitoyga nisbatan qanday siyosat yuritadi degan savol bo‘lmoqda. Ayrim siyosiy ekspertlar Bayden Xitoyga nisbatan ancha vazmin siyosat yuritajagi va bu Xitoy hamda Rossiya munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi haqida gapirmoqda. Hozircha prezident Tramp, Baydenning prezidentlik vakolatini qo‘lga kiritishiga bir oydan ortiq vaqt bor.

    Bayden g‘alabasining Moskvadagi aks sadosi

    Shanba kuni dunyoning yetakchi mamlakatlari Baydenga o‘z tabriklarini yetkazishga ulgurdi. Biroq rasmiy Kreml hamon sukut saqlamoqda. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘z bayonotida “rasmiy saylov natijalarini kutish ijobiy bo‘lardi”, deya fikr bildirdi. Juma kungi brifingda jurnalistlar yana Peskovga savol berganda, matbuot kotibi “Rossiya prezidenti kim saylovda g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga o‘z tabrigini yo‘llaydi”, deb javob qaytardi.

    Bundan to‘rt yil oldin rasmiy Kreml Tramp g‘alabasini birinchilardan bo‘lib qutlagan va hattoki Dumada deputatlar Tramp g‘alabasini shampan vinosi to‘ldirilgan qadahlar bilan nishonlagan edi. BBC nashrining Moskvadagi muxbiri talqinicha, Kreml Baydenning g‘alabasidan xursand emas. Bayden sobiq vitse-prezident sifatida rasmiy Kremlning tashqi siyosatini keskin tanqid qilgan amerikalik siyosatchilardan biri bo‘ldi. Demokratik partiya esa azaldan tashqi siyosatda faolroq harakat qilishni istab kelgan partiya hisoblanadi. Bayden ham bundan mustasno emas.

    Baydenni tabriklamayotgan davlatlar

    Braziliya. Jair Bolsanaru o‘zining ko‘p chiqishlari bois xalq ta’birida Janubiy Amerikaning “Donald Trampi” degan nomga sazovor bo‘ldi. Bolsanaru Baydenning Amazonka o‘rmonzorlarini saqlab qolish borasidagi fikrlarini foydasiz va ortiqcha so‘z qotish sifatida baholab keladi. Braziliya matbuotida e’lon qilingan qator maqolalarga ko‘ra, Bolsanaru Baydenni tabriklashga shoshilgani yo‘q.

    Meksika. Prezident Andres Manuel Lopes Obrador Trampning Meksika va AQSh o‘rtasida devor qurilishi borasidagi keskin fikrlariga qaramasdan AQSh bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga uringan prezident sifatida ko‘riladi. Obrador matbuot anjumanida “Meksika shoshqaloq millat emas, biz mulohazasizlik bilan ish qilmaymiz”, degan bayonoti bilan AQSh bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini ifodalashga urindi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shimoliy Koreyada na Kim Chen In, na matbuot AQShdagi saylovni yoritishga yoki izohlashga harakat qildi. Bunday xatti-harakat AQShning mavjud ekanini inkor qilish bilan bog‘liq harakatdir. Bayden bunga qanday munosabat bildiradi, vaqt ko‘rsatadi.

    2016-yilda kechikib bo‘lsa-da, Kim Chen In Donald Trampni g‘alabasi bilan tabriklagandi. Tramp va In uch marotaba yuzma-yuz uchrashishga muvaffaq bo‘ldi. Jo Bayden bo‘lsa Shimoliy Koreya mamlakati rahbari bilan shaxsan tanishishga ehtiyoji yo‘qligini ta’kidlagan, Bunga javoban Kim Chen In Baydenni “aqli zaif” inson sifatida baholagan edi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    14.11.2020, 20:35   Izoh (0)   89190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sadir Japarov Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun hujjatlarini taqdim etdi

    14.11.2020, 20:16

    Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 53 milliondan oshdi

    14.11.2020, 19:34

    Microsoft bosh razvedka boshqarmasining xakerlarini COVID-19’ga qarshi vaksinalar bo‘yicha tadqiqotchilarga hujum uyushtirganlikda aybladi

    14.11.2020, 17:36

    Lukashenko hokimiyatni o‘g‘illariga topshirish niyatida emasligini ma’lum qildi

    14.11.2020, 16:38

    JSST COVID-19 qarshisidagi qo‘rquvdan qutulish usulini ma’lum qildi

    14.11.2020, 16:15

    Tramp birinchi bor prezident bo‘lmay qolishi ehtimoli haqida gapirdi

    14.11.2020, 13:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH armiyasi 250 yilligiga parad o‘tkaziladi

    Dunyo | 14 iyun, 17:55

    Sirdaryoda yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi 2 bolakayning o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 17:35

    35-yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    Dunyo | 14 iyun, 17:20

    Insonning o‘zi bo‘lgan haddan ziyod talabchanligi qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

    Layfstayl | 14 iyun, 17:15

    “Sud tizimiga sunʼiy intellektni tezroq joriy etish zarur” — Vladimir Norov

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:55

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    Dunyo | 14 iyun, 16:36

    “Islom Karimov nomidan xat yozib, 700 ming dollar so‘ragan”. O‘qituvchi ayol Samarqand hokimini chuv tushirishga uringan

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.