“Barselona” matbuot xizmati futbolchilarning maoshini kamaytirish borasidagi muzokaralar natijasini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, bir necha kun davom etgan muzokaralar natija bermagan va futbolchilar maoshlarning yana bir bor qisqarishiga rozi bo‘lmagan.
“Barselona” futbolchilarga yana bir bor o‘ylab ko‘rish uchun 23-noyabrga qadar vaqt bergan.
Klubning 2020/21-yilgi mavsumdagi daromadi 300 million yevroga pasayib ketgan, “Barsa” esa maoshlarni qisqartirgan holda 191 million yevroni tejab qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” koronavirus pandemiyasi sabab bahorda maoshlarni qisqartirgandi. Oktabr oyida esa bir qator futbolchilar maoshining kamayishiga rozi bo‘lgan holda klub bilan yangi shartnoma imzolagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)