Italiya terma jamoasi 11-noyabr, chorshanba kuni Estoniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Florensiyada bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Italiyaliklar safida Vinchenso Grifo dubl qayd etgan bo‘lsa, Federiko Bernardeski va Rikkardo Orsolini bir martadan raqib darvozasini aniq nishonga oldi.
Shu tariqa Roberto Manchini qo‘l ostidagi jamoa ketma-ket uchta o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagan holda g‘alabaga erishdi. Bunaqasi Italiya terma jamoasi tarixida 1994-yildan beri ilk bor kuzatildi va rekordning takrorlanishi bo‘ldi.
Estoniyaga qarshi bahsga qadar Italiya terma jamoasi AQSh (1:0) va Moldovani (6:0) mag‘lub etgandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)