Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Nexia yo‘ldan o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi, deya xabar qilmoqda YHXBB.
Qayd etilishicha, 2020-yil 2-noyabr kuni soat 12:20 larda Sariosiyo tumani “Nelova” mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy 4H-1584 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida 1981-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia avtomashinasida Sharg‘un–Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Haydovchi harakat davomida yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yuborgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, bola shifoxonada vafot etgan.
YHXB ushbu YTH sababini o‘rganish davomida yo‘lda piyodalar o‘tish yo‘lagi o‘chib ketgani, piyodalar o‘tish belgisi o‘rnatilmagani va yo‘l tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlanmaganini aniqlagan.
Yo‘l sifatiga mas’ullar kerakli yo‘l belgilari hafta oxirigacha o‘rnatilishini ta’kidladi. Yo‘lning piyodalar o‘tish chizig‘i yaqiniga sun’iy notekislik yotqizilish ishlari amalga oshirilgan.
Izoh (0)