Toshkent shahrida joylashgan Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning biridagi qurilish jihozlari saqlanayotgan maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-noyabr kuni soat 15:37 da Toshkent shahar FVB dispetcherlik xizmatiga Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgan Tashkent City’ning 7-lotida 6 qavatli yangi qurilayotgan binoning 3-qavatida ishchi-xizmatchilarning vaqtincha foydalanayotgan omborxonasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar FVB yong‘in o‘chirish ekipaji soat 15:42 da voqea joyiga yetib borib, soat 15:52 da yong‘inni to‘liq bartaraf etgan.
“Yong‘in oqibatida 15 kvadrat metr maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko‘rgan. Yong‘indan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo‘q”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)