“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Dinamo Kiyev”ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Koronavirus hayotimizga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu holat “Dinamo”ga ham ta’sir qilishi mumkin. Biroq “Shaxtyor” “Real”ni qay tariqa mag‘lub etganini ko‘rdik.Ma’lumot uchun, kiyevliklar “Barselona”ga qarshi o‘yinda 13 nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Ularning ko‘pchiligi koronavirus sabab uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.Jamoadagi kelajagim? Bu hozir asosiysi emas. Jamoa va futbolchilar bilan o‘zimni yaxshi his qilyapman. Bu ajoyib klub va bu yerda ko‘proq qolishni maqsad qilganman.
Ronald Kuman, “Barselona” bosh murabbiyi
Eslatib o‘tamiz, “Shaxtyor” Chempionlar Ligasi 1-turida “Real”ga qarshi o‘yinda koronavirus sabab bir qator futbolchilarisiz harakat qilgan, biroq Madridda 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
“Barselona” va “Dinamo K” o‘rtasidagi o‘yin 4-noyabrdan 5-noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)