“Barselona” prezidenti vazifasini bajaruvchi Karles Tuskets klubning ayni damdagi moliyaviy holati va uni optimallashtirish uchun qanday ishlar olib borilishi zarurligi haqida gapirdi.
Biz barcha ishtirokchilari va guvohlaridan alohida qarorlarni talab qiladigan noyob bir davrda yashayapmiz.Qayd etish joiz, katalon klubi ortda qolgan moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra klub 97 million yevro miqdorida zarar ko‘rdi. Rahbariyat yangi hisobot davrida vaziyat yanada og‘irlashib ketishidan xavotirda.Klub budjetida muvozanatni ta’minlash uchun biz xarajatlarni 300 million yevroga kamaytirishimiz zarur. Komissiya koronavirus pandemiyasi ta’sirini cheklash bo‘yicha ba’zi choralarni ko‘rishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. G‘oya barcha tomonlarga kelajakda foydali bo‘lishi uchun futbolchilar va xodimlarning ish haqini qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishdir. Bunga barcha, shu jumladan, Lionel Messi ham tayyor.
Karles Tuskets, “Barselona” prezidenti vazifasini bajaruvchi
Ma‘lumot o‘rnida, “Barselona”ning 2019-yildagi ish haqi xarajatlari 642 million dollarga baholangandi (taxminan, 545 million yevro).
“Barselona” La Liganing 8-turidan keyin 6 o‘yin o‘tkazgan holda 8 ochko jamg‘arib, 12-o‘rinda bormoqda. “Barselona” ishtirokidagi dastlabki ikki tur o‘yinlari kechroq muddatga qoldirilgan.
Mavzuga doir:
- “Barselona” La Ligada so‘nggi 18 yil avvalgi noxush natijasini takrorladi
- “Barselona” prezidentligiga nomzod Lionel Messini Argentina klubiga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi
- “Biror nima yoqmayotgan bo‘lsa, eshik anavi tomonda”. Messi va Kike Setyen o‘rtasida janjal yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi
Izoh (0)