• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Autsayderga aylangan favoritlar to‘qnashuvi. “Real” — “Inter” uchrashuvi haqida

    Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 3-turida B guruhi favoritlari “Real” va “Inter” jamoalari Madridda o‘zaro bahsga kirishadi.

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Ta’kidlash kerak, har ikki jamoa Chempionlar Ligasida mavsumni muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Ortda qolgan ikki turdan keyin jamoalar uchinchi va to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. “Real” hisobida bir ochko bor, agar Kazemiro va Karim Benzema “Borussiya M”ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolmaganida shu ochko ham bo‘lmas edi.

    “Inter” esa ikki o‘yinda ikkita durang qayd etdi va ular bir-biridan farqli ravishda qo‘lga kiritildi. Milanliklar “Borussiya M”ga qarshi o‘yinda (2:2) so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolgan bo‘lsa, “Shaxtyor” bilan uchrashuvda (0:0) raqib himoyasini yorib o‘ta olmadi.

    “Real”

    Madridliklar bu o‘yinda nominal o‘ng qanot himoyachisiz o‘ynaydi. Dani Karvaxal va Alvaro Odriosola jarohatini tiklash bilan band, shuningdek, universal himoyachi Nacho ham oktabr oxirida safdan chiqqan. Ushbu pozitsiyada ishonchli harakat qilib kelayotgan Lukas Vaskes ham avvalgi o‘yinda mushaklarini shikastlab oldi, biroq hujumkor yarim himoyachisi “Inter”ga qarshi o‘yin qaydnomasidan o‘rin oldi. Zinedin Zidanda Ferlan Mendi varianti qolmoqda. Fransiyalik futbolchi o‘zini noqulay his qilsa-da qarama-qarshi qanotda to‘p surishga majbur bo‘lishi mumkin.

    Zidan mavsumning u qadar muvaffaqiyatli boshlay olmaganidan xavotirda emas. Uning asosiy muammolaridan biri to‘purar hujumchining yo‘qligi. Bu muammo Krishtianu Ronaldu ketganidan buyon ispan grandini qiynab kelmoqda. Katta futbolga qadam bosishda qiynalayotgan Vinisius va Rodrigo, jarohatga moyil Eden Azar, kuchsiz o‘yin ko‘rsatayotgan Luka Yovich va yetakchilikni o‘z qo‘liga ololmayotgan Marko Asensio mazkur muammoni yopishga xalal bermoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu holat o‘tgan mavsum kabi yangi mavsumda ham jamoani ta’qib qilmoqda. Eski gvardiya vakillari Karim Benzema, Serxio Ramos va markaziy yarim himoyachilar “qaymoqranglilar”ning joniga oro kirishda davom etmoqda. Biroq “Real”ning so‘nggi o‘yinlari muxlislarga biroz optimizm ulashdi. “El-Klasiko”dagi g‘alaba, Myunxengladbaxdagi iroda va “Ueska”ning osonlikcha tor-mor etilishi (ishqibozlar uzoq kutgan holat) murabbiy tomon yog‘dirilayotgan tanqid toshlarini biroz kamaytirdi. Bundan tashqari Azar nihoyat, asosiy tarkibda maydonga tushdi va bir yil deganda “Real” safida to‘p kiritishga erishdi.

    “Inter”

    Milanliklarda o‘yin oldidan katta yo‘qotish bor. Romelu Lukaku Madriddagi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. “Inter” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, belgiyalik futbolchi Kiyevdagi uchrashuvda chap soni mushaklaridan jarohat olgan. Jamoa futbolchining “Atalanta”ga qarshi kechadigan yakshanba kungi o‘yinga qadar tiklanishiga umid qilmoqda. Lukaku Antonio Konte jamoasining hujumidagi eng asosiy figura hisoblanadi. Romelu joriy mavsum faqat ikki marta maydonni golsiz tark etdi — “Latsio” va “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinlarda.

    Hujumda yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmaslik — jamoaning asosiy muammolaridan biri. “Inter” so‘nggi o‘yinlarda natija borasida ham muammolarga duch kelmoqda: birgina “Jenoa” ustidan qozonilgan (2:0), Milan derbisidagi mag‘lubiyat (1:2) va to‘rtta durang. Ularning deyarli barchasida (“Milan”ga qarshi o‘yindan tashqari, albatta) Konte jamoasi o‘yin tizginini o‘z qo‘lida ushlab turdi, bir qator vaziyatlar yaratdi, biroq ularni golga aylantirishda sermahsullik ko‘rsata olmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu muammoning ramzi sifatida Lautaro Martinesni ko‘rsatish mumkin. 2019/20-yilgi mavsum avvalida argentinalik futbolchi raqiblar darvozasi oldida xavfli o‘yini va maydondagi foydali harakatlari bilan ajralib turardi. Biroq 2020-yil kirib kelishi bilan bu xususiyatlar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib qolgandek. So‘nggi bor Lautaro oktabr oyi boshida “Latsio” darvozasini ishg‘ol qilgandi.

    O‘zaro o‘yinlar tarixi

    Mazkur jamoalar shu vaqtga qadar o‘zaro 18 marta to‘qnash kelgan. Ularning 8 tasida milanliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yetti o‘yinda Madrid shahri jamoasi g‘alabaga erishgan. Yana uchta o‘yin durang bilan tugagan, to‘plar nisbati — 24:21 “Real” foydasiga.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yevrokuboklardagi so‘nggi to‘qnashuv esa 1998-yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha vaqtda ham bir guruhdan joy olgan jamoalar o‘z uyidagi o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlangandi.

    Prinsipial to‘qnashuvlar

    Mazkur o‘yinda Ashraf Hakimi sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Yozda marokashlik futbolchini sotib yuborgan “Real” ayni damda uning pozitsiyasida katta muammolarga duch kelmoqda. Bu Hakimiga yanada ko‘proq motivatsiya berishi tayin.

    Bir necha mavsum “Barselona” safida to‘p tepgan Arturo Vidal bu safar “qora-ko‘k” libosda Madrid jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yindan avval chililik futbolchi “Real” ustidan qozonilgan g‘alabani “Inter” va “Barselona” muxlislari bilan birga nishonlashga umid bildirishini aytib o‘tdi.

    Taxminiy tarkiblar

    “Real”: Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Valverde, Asensio, Azar, Benzema.

    “Inter”: Handanovich, Bastoni, de Vrey, D’Ambrozio, Hakimi, Yang, Vidal, Barella, Brozovich, Perishich, Lautaro.

    Zidan qanday tarkib tanlashi deyarli aniq, faqat ikki pozitsiya bo‘yicha savollar bor. O‘ng qanot himoyasida ishonchni oqlay olmagan Mendi harakat qiladimi yoki Zizu Vaskesning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da chiziqni ishonchli qo‘lga topshiradimi? Bizningcha, Vaskes o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Chap qanot hujumida Azar va Vinisius variantlari mavjud. Belgiyalik futbolchining so‘nggi o‘yindagi ishonchli harakatlarini inobatga oladigan bo‘lsak, bugun aynan u boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olsa kerak.

    Hujum chizig‘ida muammolarga duch kelgan Konte Lautaroga sherik sifatida Ivan Perishichni tushirishi katta ehtimol. Jarohatidan forig‘ bo‘lib, safga qaytgan Aleksis Sanches keyinchalik o‘yinni kuchaytirish maqsadida maydonga tushirilishi mumkin.

    Yevropa Chempionlar Ligasi

    3-tur bahsi

    3-noyabr, seshanba

    “Real Madrid” — “Inter” 01:00

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    03.11.2020, 19:00   Izoh (0)   20815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “So‘g‘diyona” 22-turning so‘nggi o‘yinida “Metallurg”ni mag‘lub etolmadi

    03.11.2020, 18:04

    “Barselona” futbolchi va xodimlar maoshini kamaytiradi

    03.11.2020, 17:00

    Yevropa kuchli beshlik ligalarining eng qimmat yosh o‘yinchilari reytingi e’lon qilindi

    03.11.2020, 16:04

    Habib Nurmagomedov UFC’da yengil vazn toifasining keyingi chempioni kim bo‘lishini aytdi

    03.11.2020, 15:06

    Rayan Giggz hibsga olindi. U o‘z sevgilisiga hujum qilganlikda ayblanmoqda

    03.11.2020, 14:06

    Zinedin Zidan: “Inter”ga qarshi o‘yin biz uchun yana bir final bo‘ladi

    03.11.2020, 13:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.