Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) Yevropaning kuchli beshlik ligalarida to‘p suruvchi eng qimmat yosh o‘yinchilar (21 yoshgacha bo‘lgan) reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis 180,4 million yevro bilan birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Keyingi o‘rinda “Borussiya D” hujumchisi Jeydon Sancho (125,6 million yevro) qayd etilgan. Kuchli uchlikni “Barselona” forvardi Ansu Fati (122,7) yakunlab bergan.
Top-15 lik quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Alfonso Devis (“Bavariya”) — 180,4 million yevro;
2. Jeydon Sancho (“Borussiya D”) — 125,6 mln yevro;
3. Anssumane Fati (“Barselona”) — 122,7 mln yevro;
4. Erling Holand (“Borussiya D”) — 120,3 mln yevro;
5. Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”) — 115,3 mln yevro;
6. Ferran Torres (“Manchester Siti”) — 106 mln yevro;
7. Bukayo Saka (“Arsenal”) — 95,8 mln yevro;
8. Deyan Kulusevski (“Yuventus”) — 75,1 mln yevro;
9. Filip Foden (“Manchester Siti”) — 70,3 mln yevro;
10. Rodrigo Goes (“Real”) — 69,9 mln yevro;
11. Eduardo Kamavinga (“Renn”) — 61,5 mln yevro;
12. Vinisius Junior (“Real”) — 58,5 mln yevro;
13. Takefusa Kubo (“Real”) — 48,4 mln yevro;
14. Kallum Hadson-Odoi (“Chelsi”) — 47,1 mln yevro;
15. Jud Bellinghem (“Borussiya D”) — 44,5 mln yevro.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)