“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan “Udineze”ga qarshi o‘yinda (2:1) jamoasining g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi A Seriyaning ketma-ket 6 o‘yinida gol urib, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Andrey Shevchenkoning 2001-yildagi rekordni takrorladi.
Qayd etish joiz, Zlatan ushbu rekordni 2012-yilda ham takrorlagandi.
Agar Ibragimovich 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Verona”ga qarshi o‘yinda gol ursa, yangi rekord o‘rnatadi.
Izoh (0)