“Real” hujumkor yarim himoyachisi Lukas Vaskes La Liga 8-turi doirasida “Ueska”ga qarshi kechgan bahsda (4:1) mushaklarini shikastlab oldi, deya xabar qilmoqda Marca.
29 yoshli futbolchining qachon safga qaytishi noma’lum bo‘lib turibdi.
Lukas Vaskes madridliklarning so‘nggi o‘yinlarida o‘ng qanot himoyasida to‘p surayotgandi. Ushbu pozitsiya vakillari Dani Karvaxal va Alvaro Odriosola jarohat sabab safdan chiqqan. Shuningdek, bu chiziqda to‘p sura oladigan Nacho ham jarohat olgan.
“Real” 3-noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida “Inter”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Yozda “Qirollik klubi” o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimini aynan “Inter”ga sotib yuborgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)