“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich “Inter”ga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Twitter

Klub to‘rt yil davomida Milan derbisida g‘alaba qozona olmagan edi, men ikki hafta uyda qoldim, shuning uchun g‘alabaga tashna edim va bu natijaga ham ta’sir qildi. Darvozabon penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘lganidan ko‘nglim to‘lmadi, ammo asosiysi, jamoaning g‘alaba qozonganidir. Men jamoada eng yoshi kattasiman va ulkan mas’uliyatni his qilyapman. Bu tuyg‘uni yaxshi ko‘raman.

Men o‘z darajamni bilaman. Jarohatdan keyin Amerikada o‘zimni sinab ko‘rdim. Keyin Rayola (Mino Rayola futbol agenti — “Daryo”) Yevropaga qaytishni taklif qildi va “Milan”ga kerak ekanligimni aytdi. Hozir o‘zimni o‘n yil avvalgidan yaxshiroq his qilyapman. Meni to‘xtatish imkonsiz ish.

Zlatan Ibragimovich, futbolchi

Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik hujumchi mazkur bahsda dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!