Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 7-turida “Tottenhem” 1-noyabr, yakshanba kuni “Brayton”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Harri Keyn penaltini aniq ijro etgan holda londonliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Tariq Lempti muvozanatni tiklashga erishdi.
73-daqiqada Garet Beyl Serxio Regilonning uzatmasidan keyin boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 13 taga yetkazib olgan “shporlar” 2-o‘ringa ko‘tarildi.
APL
7-tur bahsi
1-noyabr, yakshanba
“Tottenhem” — “Brayton” 2:1
Gollar: 1:0 – 13, penalti Keyn, 1:1 – 56 Lempti, 2:1 – 73 Beyl.“Tottenhem”: Lyoris, Regilon, Alderveyreld, Doerti, Dayer, Ndombele (Lo Chelso, 64), Sissoko, Hyoyberg, Lamela (Beyl, 70), Son Hyon Min (Devis, 85), Keyn.
“Brayton”: Sanches, Lempti (Mak Allister, 79), Bern, Veltman, Uayt, Lallana, March (Bernardo, 65), Gross, Bissuma, Trossard (Uelbek, 74), Uebster.
Ogohlantirishlar: Ndombele (7), Regilon (39), Bern (45).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)