UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn toifasi chempionlik kamari hamon Habib Nurmagomedovga tegishli ekanligini aytdi.
Ishoning, Habib yana bir jang uchun qaytadi. Uning kamari vakantga qo‘yilmaydi. U hali ham chempion. Vakant kamari ham, vaqtinchalik chempion sovrini ham yo‘q.Avvalroq Habib qaror qabul qilganini va uni o‘zgartirmasligini ma’lum qilgandi.Deyna Uayt, UFC prezidenti
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
Izoh (0)