• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hal qilinmagan jumboq. Kashmir nizosining boshlanishi haqida

    25-oktabr Kashmir mojarosi boshlangan kun hisoblanadi. “Daryo” Kashmirdagi murakkab vaziyatning 63 yillik tarixi, nizoning yuzaga kelishi, uning sabablari hamda hozirgi davrdagi oqibatlari haqida hikoya qiladi.

    Nizoning boshlanishi

    Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan Hindistonning 1947-yilda bo‘linishi Hindiston va Pokiston o‘rtasida qonli nizolarga olib keldiki, urush oqibatida bir milliondan ortiq odam o‘zaro janglarda halok bo‘ldi, 18 millionga yaqin insonlar esa qo‘shni mamlakatlardan boshpana izlashga majbur bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Nizoning yuzaga kelishida Hindiston va Pokistonning Kashmir viloyatiga egalik qilish borasidagi da’vogarligi asosiy sabab bo‘ldi. Asosiy voqealar Kashmir hududida bo‘lgani sababli mazkur nizo jahon siyosati tarixida Kashmir nizosi degan nom bilan mashhur bo‘ldi.

    Kashmir viloyati

    Hozirgi Kashmir 101 387 kvadrat kilometr hududdagi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nizoli mintaqa sanaladi. Kashmir viloyati shimolda Afg‘oniston, Shinjon Uyg‘ur muxtor viloyati, sharqda Tibet muxtor viloyati, Hindistonning janubdagi Ximachal-Pradesh va Pokiston g‘arbidagi Panjob hududlari bilan chegaradosh. Hozirda Kashmir hududi Jammu, Kashmir va Ladakx viloyatlariga bo‘lingan hudud hisoblanadi. Hududda 13 millionga yaqin aholi istiqomat qilib, hududning 72 500 kvadrat kilometrlik hududi Pokiston nazoratida va Kashmirning 37 555 kvadrat kilometr hududi – Oqsoychin Xitoy Xalq Respublikasi nazoratida.

    Diniy to‘qnashuvlar

    Kashmirdagi nizolarning yuzaga kelishida Jammu va Kashmir aholisining diniy e’tiqodidagi farqlar asosiy sabab bo‘ldi. Gap shundaki, bu hududda aholining katta qismi – taxminan 80 foiz musulmonlar bo‘lib, hokimiyat tepasida ingliz hukumatiga bo‘ysunuvchi maxaroja Xari Singx turardi. Hinduizm dinidagi maxarojaning musulmon jamoasiga rahbarlik qilishi Kashmirda musulmon jamoalari orasida turli norozilik kayfiyatlarini yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, kuchli hokimiyat doim nizolarni avj olishiga to‘sqinlik qilib keladi.

    1947-yilning yozida Britaniya mustamlakasida Hindistonni ikkiga ajratish masalasi boshlanishi bilan hind hukumatining viloyatdagi nazorati zaiflashdi. Bundan foydalangan rojalikning bir nechta hududlari rojaga qarshi isyon boshlaydi. Biroz muddat o‘tgach Pokiston hududidagi yusufzoy, masudiy va afridiy qavmlarining musulmon jamoasi o‘z dindoshlarini himoya qilish maqsadida hududga kirib keldi. Kashmirdagi ilk nizo faqat diniy motivlarga ega bo‘lib, nizolashayotgan taraflar bir-birlariga nisbatan hech qachon siyosiy maqsadlarni ilgari surmagan edi.

    Shunga qaramay, oktabr oyining oxirlariga borib, isyonchi pushtunlar Kashmirga bostirib kirib, Kashmirning mustaqil hukmdori Xari Singhga bosim o‘takzishga urinib ko‘rdi. Aholisi aksar musulmon diniy jamoasi bo‘lgan Kashmirda Hindiston hukumati kuch bilan o‘z siyosatini yurita boshlaydi. BMT Hindistonga Kashmirdagi nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish borasida maslahat bergan bo‘lsa-da, Hindiston BMTning maslahatini rad qildi. Kashmir bo‘yicha referendum o‘tkazish tavsiyasi hozirga qadar hal qilinmagan muammo sifatida qolmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qonli girdob

    Kashmirga kirib kelgan pushtun isyonchilarining bosimidan tashvishlangan Xari Singx Hindiston hukumatiga murojaat bilan chiqdi va harbiy ko‘mak so‘raydi. Aynan shu davrdan boshlab Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nizolar siyosiy tus ola boshlaydi. Tinchlik hukm surib kelgan mintaqada bugungi kungacha davom etib kelayotgan janjalli nizo yuzaga keldi.

    Hind hukumati Xari Singxning iltimosiga binoan vaziyatga oydinlik kiritilishini ham kutib o‘tirmasdan, Kashmirga katta qo‘shin yubordi. Nizo avjiga chiqdi. 1947-yilda ingliz hukumatining tinchlik tashabbusiga qaramay, Hindiston va Pokiston murosaga kelmaydi. Mintaqada zo‘ravonlik, talon-toroj kuchaydi va aholining aksar qatlami vaziyatning bunday tus olishidan ancha jabr chekdi. Urush esa to‘xtay demasdi.

    Natijada, Kashmir va Jammudagi nizo juda kuchayib ketganidan mintaqadagi aholi birin-ketin hududni tark eta boshlaydi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, nizoning dastlabki yilida yetti millionga yaqin musulmon jamoasi Kashmirni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Besh million hind esa Hindistonga qochib o‘tdi.

    BMTning tinchlik tashabbusi

    Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nizo kuchayib, tarix sahifasida Hindiston va Pokiston urushi nomi bilan qoldi.

    1949-yilning 1-yanvaridan BMT tashabbusi bilan harbiy harakatlar ketayotgan barcha hududlarda urush harakatlari to‘xtatildi. Oradan yarim yil o‘tgach Kashmir hududi ikki qismga bo‘lindi. Demarkatsiya chizig‘i o‘rnatildi va Hindiston Kashmiri hamda Pokiston Kashmiri atamasi yuzaga keldi. Hindiston va Pokiston 77,2 ming kvadrat kilometr hududga ega bo‘ldi. Ikki hududdagi muammolarni nazorat qilish va bartaraf qilish uchun maxsus komissiya tuzildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Komissiya belgilagan yo‘riqnomaga binoan, Kashmirda yashirin ovoz berish yo‘li bilan plebestsit o‘tkazilishi nazarda tutildi. Bunga ko‘ra, Hindiston va Pokiston birgalikda mintaqaviy nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishi kerak bo‘ldi. Biroq xalqaro tashkilotning mazkur tashabbusi ham Hindistonda, ham Pokistonda yetarli darajada ma’qul loyiha sifatida e’tirof etilmadi. Ustiga ustak, xalqaro hamjamiyat ham Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishga unchalik ham e’tibor bermadi.  Ikki mamlakat ham o‘zlari egallab olgan Kashmir viloyati hududidan o‘z qo‘shinlarini olib  chiqib ketmadi. Nizo keskinlashib bordi.

    1956-yilga kelib Hindistonda ma’muriy bo‘linish haqidagi qonun qabul qilinishi bilan mintaqadagi keskinlik biroz yumshaganday tasavvur hosil qildi. 1956-yildagi hind qonuni natijasida hindlar egallab turgan hududda Kashmir va Jammu shtati maqomiga ega hududiy birlik tashkil qilindi. Hududning yozgi poytaxti sifatida Shranagar, qishki poytaxti sifatida Jammu tan olindi. Pokiston esa markazi Gilgit bo‘lgan hududga egalik qila boshlaydi.

    Natijada, demarkatsion chiziq o‘rnatildi, ammo Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi chegaraviy nizoga nuqta qo‘yilmadi. Kashmir Pokistonga bo‘ysunuvchi hudud maqomini oldi. Biroq bundan Hindiston ancha yutqazdi. Sababi Hindiston Pokiston tufayli Markaziy Osiyo bilan umumiy chegaralaridan mahrum bo‘lgandi. Shuningdek, Pokiston o‘zining yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Xitoy bilan chegaradosh maqomiga ega bo‘ldi. Bu esa Pokiston uchun juda muhim edi.

    Urush harakatlarining boshlanishi

    1965-yilga kelib ikkinchi hind–pokiston urushi boshlanib ketdi.  Buyuk Britaniyaning aralashuvi urushning keng miqyosda olib borilishiga imkon bermadi. Shunga qaramasdan, Pokiston Hindistonga qarashli Jammu va Kashmir viloyatini bosib olish niyatidan qaytmadi. Pokiston hukumati Kashmirda qo‘poruvchi va isyonkor guruh tashkil qildi. Hind hukumati bundan xabar topib, 1965-yilda qo‘poruvchilar tayyorlanayotgan Pokiston hududiga bostirib kirdi. Pokiston hukumati esa hind hukumatining hujumiga qarshi Hindistonning Amritsar shahriga tank qo‘shinlaridan tashkil topgan qo‘shinini yubordi. Natijada, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi urush harakatlari yanada kuchaydi.

    1966-yilda Toshkent shahrida Hindiston bosh vaziri Lol Bahodir Shahstri va Pokiston hukumati rahbari Ayub Xon muzokara o‘tkazdi. Ikki nizolashayotgan taraf bitim tuzdi. Biroq bitim natija bermadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1971-yilda uchinchi hind-pokiston urushi yuz berdi. Urush natijasida Pokiston mag‘lub bo‘lib, 1971-yilning dekabr oyida taslim bo‘lganini e’lon qildi. Natijada, mustaqil Bangladesh respublikasi yuzaga keldi. Ayni shu damda Pokistonning harbiy ittifoqchisi bo‘lgan AQSh Pokistonga yordam berish maqsadida Hindiston qirg‘oqlariga yaqinlasha boshlaydi. Sovet Ittifoqining Hindistonga yon bosishi natijasida AQSh dengiz kuchlari o‘z harbiylarini Hindiston dengiz sarhadlaridan ortga olib qochishga majbur bo‘ldi.

    1980-yilda ham Hindiston va Pokiston o‘rtasida bir necha bor harbiy to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu urushga mintaqadagi ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlar ham turtki bo‘ldi. Islomiy guruhlar Kashmirning ozod bo‘lishi borasida bir qator chiqishlar tashkil qildi. Pokiston hukumati o‘z navbatida bu guruhlarni moliyaviy jihatdan qo‘llay boshladi. Pokiston va Hindiston harbiylari hattoki Xitoyga chegaradosh bo‘lgan hududlarda ham artilleriya vositasida urush olib bordi.

    1990-yilga kelib Jammu va Kashmirda mujohidlar harakati avj olgani bois Hindiston hukumati 20 ta diviziyasini hududga kirgizishga majbur bo‘ldi. Mazkur urushlar natijasida 30 ming hind va 70 ming pokistonlik tinch aholi qurbon bo‘lgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Pokiston esa shu paytgacha radikal islomiy guruhlarni dastaklamagani haqida bayonot berib kelmoqda.

    Xulosa

    Hozirga qadar Kashmirdagi siyosiy vaziyat borasida Hindiston va Pokiston o‘rtasida vaqtinchalik sulh va bitimlarni hisobga olmasa, aniq bir kelishuv imzolanmagan. Shu sababli ham ikki davlat o‘rtasida Kashmir borasida vaqti-vaqti bilan qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turadi. Kashmir aholisining 60 foiz musulmonligi hisobga olinsa, ular Hindiston tarkibidan chiqish tarafdori. Hindiston esa mazkur masalada Kashmirga qarshilik qilib keladi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    25.10.2020, 18:23   Izoh (0)   53654
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh elchixonasi Bokuda yuz berishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqida ogohlantirdi

    25.10.2020, 15:25

    JSST: COVID-19’ga chalinishlar soni bo‘yicha sutkalik antirekord qayd etildi

    25.10.2020, 11:24

    Falastin Isroil va Sudan o‘rtasidagi kelishuvni “orqadan zarba” deb atadi

    25.10.2020, 09:14

    Tramp AQShdagi prezidentlik saylovlarida o‘zi uchun muddatidan avval ovoz berdi

    25.10.2020, 07:57

    Tramp Sudanni terrorchilik tashkilotlariga homiylik qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqardi

    25.10.2020, 06:56

    Janubiy Koreya OAVlari Kim Chen Inning rafiqasi bir necha oydan buyon omma oldida ko‘rinish bermaganiga e’tibor qaratdi

    24.10.2020, 23:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki bolani tok urdi

    O‘zbekiston | 16 may, 00:05

    Orol dengizi tubida yuqori darajadagi sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:50

    “Qatar AQSHdan 42 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ va texnika xarid qiladi” — Tramp

    Dunyo | 15 may, 23:40

    Olimlar uzoq uyquning kutilmagan zararini aniqladi

    Dunyo | 15 may, 23:20

    Munosib qarshilik, o‘yinda burilish va “pley-off” bosqichiga yo‘l: “Navbahor” va “FarDU” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 15 may, 23:15

    Farg‘onada 213 mln so‘mlik byudjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 15-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 15 may, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.