• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreya OAVlari Kim Chen Inning rafiqasi bir necha oydan buyon omma oldida ko‘rinish bermaganiga e’tibor qaratdi

    Janubiy Koreya OAVlari KXDR yetakchisi Kim Chen Inning rafiqasi Ri Sol Chju haqida hech qanday yangilik yo‘qligiga e’tibor qaratdi. Ri Sol Chju Shimoliy Koreya rasmiy yangiliklarida so‘nggi marta 2020-yilning 25-yanvarida ko‘ringan. Uning ko‘rinmayotganiga turli sabablar, jumladan, homiladorlik ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Kim Chen In 2019-yilning dekabr oyida oq otda Shimoliy Koreya fuqarolari uchun muqaddas bo‘lgan Pektusan tog‘iga tashrif buyurgan, KXDR yetakchisiga uning yaqin maslahatchilari va rafiqasi hamrohlik qilgan. 25-yanvarda Ri Sol Chju Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil munosabati bilan “Samchjiyon” musiqali teatri spektaklida eriga hamrohlik qilgan.

    Shundan buyon Shimoliy Koreya yetakchisi bir necha marta yirik tadbirlarda qatnashdi. 10-oktabrda Koreya Ishchilar partiyasiga asos solinganining 75 yilligi sharafiga harbiy parad tashkil qilindi, keyin esa gimnastikachilarning keng qamrovli bayramona chiqishi bo‘lib o‘tdi. Biroq bu tadbirlarning hech birida Ri Sol Chju ishtirok etmagan.

    Yonhap agentligining xabar berishicha, Janubiy Koreyaning birlashish vaziri Li In Yon xulosa qilishga shoshilmaslikka chaqirgan hamda avvalroq OAVlar Kim Chen Inning “yo’qolib qolgan” singlisi Kim Yo Chjonni izlaganini, u esa ikki oydan keyin omma oldida paydo bo‘lganini eslatib o‘tgan.

    “Xalq kuchi” partiyasi deputati Chon Chjin Sonning qayd etishicha, mish-mishlarga ko‘ra, Ri Sol Chju davolanayotgan xolasiga qaramoqda yoki vaqtini bolalarni o‘qitishga qaratmoqda.  Kim Chen Inning rafiqasi yo‘qolib qolishiga sabab sifatida koronavirus tarqalgani sababli ko‘rilgan ehtiyotkorlik ham ko‘rsatilmoqda.

    Kim Chen Inning bolalari borligi va ularning nechtaligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Turli manbalar KXDR yetakchisining ikki, uch va hatto to‘rt nafar farzandi borligi haqida gapiradi. Ri Sol Chjuning homiladorligi haqida so‘nggi yillarda bir necha marta mish-mishlar tarqalgan, bunga uning bir muddat televizor ekranlari va gazeta sahifalaridan yo‘qolib qolgani sabab bo‘lgan.

    Manbalardan biriga ko‘ra, dastlabki ikki farzand 2010 va 2013-yilda tug‘ilgan qizlar ekanligi taxmin qilinadi. Boshqa manbalar esa Ri Sol Chjuning birinchi qizi 2012-yilning dekabr oyida tug‘ilganini ta’kidlaydi. KXDR birinchi xonimining ikkinchi marta homilador bo‘lganligi haqida 2014-yilda xabarlar tarqalgan. 2019-yilda Janubiy Koreya OAVlari razvedka manbasiga tayanib, Kim Chen Inning uchinchi farzandi tug‘ilgani haqida xabar bergan, biroq bolaning jinsiga aniqlik kiritilmagan.

    Mavzuga doir: Shimoliy Koreyada mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy parad o‘tkazildi (foto)

    24.10.2020, 23:17   Izoh (0)   46894
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda prezidentlik saylovlarida 50 mln saylovchi muddatidan avval ovoz berdi

    24.10.2020, 21:58

    Ispaniyada COVID-19’ga chalinganlar soni rasmiy ma’lumotlardan ko‘ra 3 marta ko‘p bo‘lishi mumkin

    24.10.2020, 20:57

    Polsha prezidenti Anjey Duda koronavirusga chalindi

    24.10.2020, 19:16

    Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida 16 521 kishida COVID-19 aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 1,5 millionga yaqinlashmoqda

    24.10.2020, 17:31

    Qirg‘izistonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari qaysi sanada o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

    24.10.2020, 16:22

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 110 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 55 ming kishidan oshdi

    24.10.2020, 12:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Moskva va Pxenyan o‘rtasida ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

    Dunyo | 15 iyul, 10:21

    “O‘zgidromet” 4 kun juda issiq havo bo‘lishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 10:08

    “Barselona” Luis Dias transferi bo‘yicha “Liverpul”dan chegirma kutmoqda

    Sport | 15 iyul, 10:06

    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

    Reklama | 15 iyul, 10:02

    Ishga bog‘liq emas: dushanba kuni insonlarda stressning kuchayishi ilmiy tasdiqlandi

    Ilm-fan | 15 iyul, 09:59

    G‘azo sektoridagi hujumda 78 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 15 iyul, 09:44

    Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.