• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Lenin g‘oyalari Afrikada. Somalidagi qonsiz to‘ntarish tarixi

    1969-yilgi Somali davlat to‘ntarishi 21-oktabrda Siad Barre boshchiligidagi Oliy inqilobiy kengashning o‘ta so‘l harbiy xizmatchilar yordamida Somali hukumatini qon to‘kishlarsiz qo‘lga kiritishi bilan sodir bo‘ldi. Barre boshchiligidagi tanklar bilan qurollangan Somali qo‘shinlari Mogadishoga bostirib kirib, hukumatning muhim binolarini egallab oldi va mamlakat mansabdorlarining iste’fosini talab qildi. 

    Davlat to‘ntarishi prezident Shayx Muxtor Muhammad Husayn va bosh vazir Muhammad Egalning hukumatdan ketishiga, Barrening 21 yillik harbiy boshqaruviga hamda Somalida 1991-yilgacha hukm surgan marksistik-leninistik hukumatning o‘rnatilishiga olib keldi. Bu voqea Somali tarixida mamlakat to‘qqiz yil oldin 1960-yilda mustaqillikka erishganidan beri ko‘p marotaba urinishlardan so‘ng sodir bo‘lgan ikkinchi muvaffaqiyatli to‘ntarish bo‘ldi. “Daryo” ushbu qonsiz to‘ntarish haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tarixiy jarayonning yetilishi

    Somali 1960-yilda mustaqillikka erishdi. Respublika hududini sobiq Italiya Somalisi va sobiq Angliya Somalisi tashkil etardi. Yangi respublikaning birinchi rahbarlari Somali Yosh ligasi bosh vaziri Muhammad Egal va prezident Aden Abdulla Usmon Daarlar edi.  Somali yaqindagina birlashtirilgan ikkita hududdan iborat bo‘lgani sababli mamlakat soliq, politsiya, huquqiy tuzilmalar va ma’muriy boshqaruv kabi ko‘plab jihatlarda yagonalikka ega emasdi.

    1961-yilgi yangi konstitutsiya masalasida o‘tkazilgan referendumda ushbu farqlarning 90 foizdan ko‘prog‘i hal qilindi. Italiya va Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik institutlarini birlashtirgan konstitutsiya mamlakatda parlament demokratiyasi tartibotini o‘rnatdi va o‘z navbatida, u yagona milliy o‘ziga xoslikni yaratishga qaratilgan edi.

    Yangi konstitutsiyaning tasdiqlanganiga qaramay, Somali etnik, siyosiy jihatdan va klanlar o‘rtasida bo‘linib qoldi.  1961-yilda mamlakat shimolidagi inglizlar o‘qitilgan kichik armiya zobitlari isyon ko‘tardi, ammo isyon darhol bostirildi, bitta zobit o‘ldirildi.  Mamlakatdagi birinchi qonunchilik saylovlari 1964-yilda bo‘lib o‘tdi va unda Somali Yoshlar ligasi Milliy Assambleyadagi 123-o‘rindan 69 tasini qo‘lga kiritdi.  Parlamentdagi qolgan o‘rinlar 11 partiya o‘rtasida tasdiqlandi.  1967-yilda Somali Yosh ligasi (SYL) a’zosi, italiyalik ziyoli bosh vazir Abdirashid Ali Shermarke Somalining prezidenti etib saylandi.

    1969-yil mart oyida har bir saylov okrugida o‘z nomzodlariga ega bo‘lgan yagona siyosiy partiya bo‘lgan SYL va yana 64 ta partiya ishtirokida yana bir qonunchilik saylovlari o‘tkazildi.  O‘sha paytdagi siyosiy partiyalar soni Somaliga xos bo‘lgan, chunki bu davrda mamlakatda juda ko‘plab klanlar va etnik guruhlar mavjud edi. Saylov jarayonlari o‘ta ziddiyatli o‘tdi va Somali Yoshlar ligasi parlamentda yanada ko‘proq ovozga ega bo‘ldi. Mamlakatda saylovda ro‘y bergan firibgarlik holatlari va korrupsiya haqidagi da’volar avjiga chiqdi va bu jarayon bilan bog‘liq zo‘ravonliklarda 25 dan ortiq odam o‘ldirildi.

    Somaliliklar orasida SYLning boshqaruvi tobora avtoritar tus olmoqda, degan umumiy tushuncha paydo bo‘la boshladi. Bosh vazir Egal boshchiligidagi yangi tuzilgan hukumat firibgarlik va korrupsiya ayblovlarini deyarli e’tiborsiz qoldirdi va yetilib kelayotgan notinchlikka deyarli e’tibor qaratmadi. Ushbu keng qamrovli tartibsizlik va norozilik mamlakatda nosog‘lom siyosiy vaziyatni keltirib chiqardi. Aynan shu hol Siad Barre va boshqalar tomonidan oktabr to‘ntarishining amalga oshirilishiga yo‘l ochdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sobiq italiyalik mustamlakachi politsiyachi va Darod klanining a’zosi general-mayor Siad Barre Somali armiyasi qo‘mondoni edi. 1960-yillarda armiya zobiti sifatida sovet maslahatchilari bilan bo‘lgan aloqalari tufayli u ashaddiy marksist va millatchi edi.

    1969-yil 15-oktabrda Somalining postkolonial davrning ikkinchi prezidenti Abdirashid Ali Sharmarke avtomashinada mamlakat shimolidagi Las Anod shahridan chiqib ketayotganda o‘z qo‘riqchisi tomonidan avtomatik miltiq yordamida otib o‘ldirildi. Uning o‘rnini muvaqqat prezident shayx Muxtor Muhammad Huseyn egalladi.  To‘ntarish Sharmarkening dafn marosimidan bir kun o‘tib amalga oshirildi.

    Davlat to‘ntarilishining sodir bo‘lishi

    Voqea 1969-yil 21-oktabr kuni erta tongda sodir bo‘ldi. Tanklar bilan qurollangan Somali milliy qurolli kuchlari qo‘shinlari Oliy inqilobiy kengashning turli a’zolari tomonidan boshqariladigan Mogadishodagi bir necha strategik joylarni, shu jumladan, axborot vazirligi, Mogadishu radiostansiyasi, politsiya qarorgohi, Bosh vazir Egalning qasri va parlament binosini egallab oldi. Yirik mansabga ega amaldorlar o‘g‘irlab ketildi va qamoqqa tashlandi.

    To‘ntarish paytida Somalining bir necha sobiq yuqori martabali siyosatchilari qo‘lga olindi, ular orasida sobiq prezident Aden Adde va sobiq bosh vazir Abdirizak Hoji Husaynlar ham bor edi. Ularning har ikkalasi ham hibsga olindi va 1973-yilgacha ozod qilinmadi. Bosh vazir Egal ham qamoqqa tashlandi, ammo u yakka tartibda saqlandi. To‘ntarish davomida binolari tortib olinishiga qaramay, politsiya harbiylarga qarshilik ko‘rsatmadi va hatto ular bilan hamkorlik qildi.  Somali politsiya kuchlari rahbari Jama Ali Korshel Oliy inqilobiy kengash raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

    Mogadishu inqilobiy kuchlar qo‘liga o‘tganidan so‘ng radiostansiya to‘ntarish rahbarlarining motivlarini yetkazish vositasi bo‘lib xizmat qildi va jangovar musiqalar, jumladan, sherlar va otlar kabi bir necha yovvoyi hayvonlar tasvirlangan “Qiyomatning o‘limi yoki hayotning g‘alabasi” qo‘shig‘ini uzatishni boshladi. Barre to‘ntarish paytida radioda so‘zlagan birinchi nutqida eski tuzumga xos bo‘lgan korrupsiyasini qoraladi va o‘qimishli kishilarga qilingan zulmni tanqid qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    U, shuningdek, ag‘darib tashlagan hukumat nomaqbul ekaniga va korrupsiyaga botganiga qaramay, uning barcha a’zolari ham jinoyatchilar emas, balki u hozirgina ag‘darib tashlangan tizimning bir qismi bo‘lganini tan olganini tushuntirdi. Barre Oliy inqilobiy kengashi parlamenti va Oliy sudni tarqatib yubordi. Konstitutsiya ijrosini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

    Inqilobdan so‘ng

    1970-yilda, davlat to‘ntarishidan bir yil o‘tib, Siad Barre Somalini sotsialistik davlat deb e’lon qildi va mamlakatni “somalizatsiya qilish”ni boshladi. 25 kishilik Oliy inqilobiy kengash (mohiyatan harbiy xunta) to‘ntarishdan keyin davlat boshqaruvining barcha vazifalarini, shu jumladan, prezidentlik, Milliy majlis va Vazirlar kengashi faoliyatini o‘z zimmasiga oldi. Mamlakat nomi Somali Demokratik Respublikasi deb o‘zgartirildi va siyosiy tozalash amalga oshirildi: siyosiy partiyalar taqiqlandi, sobiq bosh vazir Egal va boshqa bir qancha siyosatchilar uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm qilindi va dissidentlar ta’qib qilindi.

    OIK (Oliy Inqilobiy Kengash) safida hokimiyat uchun kurash bo‘lib o‘tdi va oxir-oqibat Siad Barre Somalining yagona yetakchisiga aylandi.  “Inqilob otasi” deya nom olgan Salaad Gabeyre Kediye va armiyaning yuqori martabali polkovnigi Abdulqodir Dheel 1972-yilda otuvga hukm qilinib, qatl ettirildi.

    Barre mamlakatni ilmiy sotsializm yo‘nalishi bo‘yicha boshqarishni boshladi va mamlakatda turli klanlarining roli va ta’sirini pasaytirish orqali Somalida umumiy milliy o‘ziga xoslikni yaratishga intildi.  Ko‘chmanchilar qishloq xo‘jaligi kommunalariga joylashtirildi, katta savodxonlik kampaniyasi o‘tkazildi, ayollarga ko‘proq huquqlar berildi va lotin yozuvi somali tilida foydalanish uchun rasman qabul qilindi. Sovet Ittifoqi tomonidan katta miqdordagi texnika va qurol-aslahalar bilan ta’minlanish tez orada Somalini Afrikadagi eng qudratli harbiy kuchga ega davlatlardan biriga aylantirdi. Barrening 21 yillik boshqaruvi davomida mamlakatda shaxsga sig‘inish avj oldi.

    1976-yilda Oliy inqilobiy kengash tarqatib yuborildi va Barrening hukmronligi tobora totalitar tus oldi, Somalida inson huquqlarining buzilishi holatlari keng tarqaldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi 2001-yilda “21 yillik Siad Barre rejimi Afrikadagi inson huquqlari bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlardan biri edi”, deb yozdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sovetlarning to‘ntarishga aralashuvi

    Ushbu nazariyani tasdiqlovchi biron bir rasmiy dalil keltirilmagan bo‘lsa-da, Sovet hokimiyatining 1969-yildagi to‘ntarishiga aloqadorligi haqidagi gumonlar keng tarqaldi. O‘sha paytdagi postkolonial Somali davlati Sovet Ittifoqidan katta miqdordagi harbiy yordam, shu jumladan, transport vositalari, qurol-yarog‘ va boshqa texnik yordamlar oldi.  Bundan tashqari, minglab Somali harbiy zobitlari mamlakat harbiy akademiyalarida o‘qish uchun Sovet Ittifoqiga yuborildi.

    Sovet Ittifoqi mamlakatda o‘zining ulkan dengiz bazasini saqlab qoldi. Ma’lumki, KGBning Mogadishodagi idorasi to‘ntarish to‘g‘risida oldindan xabardor qilingan va fitna uyushtirganlarning ba'zilari sovet odamlari bo‘lgan edi. Mitroxin arxivi hujjatlari va Kembrij tarixchisi Kristofer Endryuning yozuvlariga ko‘ra, to‘ntarishning asosiy me’morlaridan biri 1972-yilda qatl qilingan “Operator” taxallusli KGB josusi Salad Gabeyre Kediye bo‘lgandi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    21.10.2020, 18:34   Izoh (0)   59155
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining qaylig‘i Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasini sudga berdi

    21.10.2020, 17:23

    AQShda Rossiya tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun berilgan sun’iy nafas oldirish apparatlari utilizatsiya qilindi

    21.10.2020, 16:35

    To‘qayev Qozog‘iston parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tadigan sanani ma’lum qildi

    21.10.2020, 14:33

    Qirg‘izistonda takroriy parlament saylovlari o‘tkaziladigan sana e’lon qilindi

    21.10.2020, 13:59

    Afg‘onistonda O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari birinchi marta davlat miqyosida nishonlandi

    21.10.2020, 10:58

    Shveysariyada har bir fuqaroga 7000 yevrodan to‘lash taklif qilindi

    21.10.2020, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chet eldan qaytgan o‘zbekistonliklarni OIVga tekshirish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 10:11

    Mashhur turk seriallarining eng go‘zal qahramonlari: aktrisalar o‘z qahramonlariga qanchalik o‘xshaydi?

    Kino | 10 iyun, 09:59

    Vinisiusning narxi tushdi, Yamal dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

    Sport | 10 iyun, 09:50

    Hindistonning Manipur shtatida komendantlik soati joriy etilib, internet o‘chirib qo‘yildi

    Dunyo | 10 iyun, 09:44

    Los Anjelesdagi namoyishlarga 700 ga yaqin dengiz piyodalari safarbar qilinadi

    Dunyo | 10 iyun, 09:09

    Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi birgalikda kurashadi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 08:58

    Rasman. “Manchester Siti” himoyachi sotib oldi (foto)

    Sport | 10 iyun, 08:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.