Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Damas avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2020-yil 30-avgust kuni fuqaro Y.X. boshqaruvidagi Damas avtomashinasini “Yangi hayot” MFY hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan fuqaro T.Y.ni urib yuborgan. Oqibatida T.Y. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)