Daryo

Farg‘onada Nexia velosipedchini urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Hozlat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda

1 daqiqa o‘qish42 370 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyati Quva tumanida Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib ketdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 27-avgust kuni fuqaro P.S. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasini “Qal’acha” MFY hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan Q.B.ni urib yuborgan. Oqibatida Q.B. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 13 yoshli G‘.T. ismli bola, Chiroqchi tumanida DAF XF 105 rusumli yuk avtomashinasi va Orlando to‘qnashuvi tufayli yengil mashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchi T.J. voqea joyida vafot etgani, Qarshi shahrida Сobalt haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan 30 yoshli ayolni urib yuborgani, jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar