Daryo

Farg‘onada Spark bilan “KamAz” to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Spark haydovchisi 29 yoshli S.F. va mashina ichidagi yo‘lovchi 1991-yilda tug‘ilgan A.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan

1 daqiqa o‘qish87 254 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB axborot xizmati

2020-yil 6-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida “KamAz” hamda Spark ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining axborot xizmati xabar qildi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Xabarga ko‘ra ikki transport vositasi 6-sentabr kuni taxminan soat 06:00 larda Oltiariq tumani “Hamza” MFY hududidan o‘tgan 4R-148B avtomobil yo‘lining 5-kilometrida to‘qnashgan.

Hodisa Spark haydovchisi 1991-yilda tug‘ilgan S.F.ning boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida ro‘y bergan. Qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan Spark qarshisidan kelayotgan 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi B.B. boshqaruvidagi “KamAz-53212” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

Foto: YHXBB axborot xizmati
Foto: YHXBB axborot xizmati

Spark haydovchisi 29 yoshli S.F. va mashina ichidagi yo‘lovchi 1991-yilda tug‘ilgan A.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avval Farg‘onada haydovchilik guvohnomasisiz ekskavatorni boshqargan 19 yashar yigit 68 yoshli fuqaroni urib yuborgani, piyoda voqea joyida vafot etgani, Farg‘ona viloyatida Damas va Labo o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Damas va “IJ” mototsikli to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar