• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 21-avgust kuni 381 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 1,5 oy ichidagi eng past ko‘rsatkichdir

    O‘zbekistonda 20-avgust soat 23:30 dan 21-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 381 ta holat aniqlandi. Bu 8-iyuldan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir, o‘shanba birinchi marta kunlik kasallanish holati 400 tadan oshgandi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 38074 nafarga yetdi. O‘zbekistondagi barcha kasallanish holatlarining 1 foizi 21-avgustga to‘g‘ri keldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 260, “Daryo” hisobi bo‘yicha 269 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 260, “Daryo” hisobi bo‘yicha 269 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallangan 381 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

    • Toshkent shahrida — 227 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 127 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 13 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 8 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 3 nafar;
    • Andijon viloyatida — 3 nafar.
    Kun davomida 6 ta hududda yangi kasallanish holati qayd etildi.

    Toshkent shahrida 227 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Toshkentda avgust oyida eng kam kasallanish holati aniqlangan kundir. Bungacha poytaxtdagi avgust oyidagi eng kam kasallik aniqlangan kun 2-avgust edi, o‘sha kuni 325 kishida koronavirus qayd etilgan. 1—21-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 8523 ta yangi holat aniqlandi. Bu kasallanganlar soni bo‘yicha 2—3-o‘rinlarda turgan Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi epidemiya mavsumi boshidan beri aniqlangan holatlarni birga hisoblagandan ham ko‘p deganidir. Hozirda Toshkent shahrida aniqlangan umumiy kasallanish holatlari 23203 taga yetdi.

    Toshkent viloyatida 127 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 21 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 3437 kishiga ko‘paydi. Bu avgust oyi Toshkent viloyatida eng ko‘p kasallik aniqlangan oyga aylanganini bildiradi. Hozirda viloyatdagi jami kasallanganlar soni 6163 nafarga teng. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 16,2 foizi Toshkent viloyati hisobiga to‘g‘ri keladi.

    Samarqand viloyatida 13 kishida koronavirus qayd etildi. Oxirgi 12 kun ichida Samarqandda faqat 20-avgust kuni koronavirusga chalinish holati kuzatilmadi. Samarqand uchun avgust oyi eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan oy bo‘ldi. 21 kun ichida viloyatda 630 kishida kasallik aniqlandi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 40 foiziga teng.

    Qashqadaryo viloyatida 8 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda avgust oyida 200 kishida koronavirus aniqlandi, bu Qashqadaryodagi jami kasallanish holatlarining 22 foiziga tengdir.

    Navoiy viloyatida 3 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda avgust oyida 67 kishida koronavirus qayd etildi. Ushbu oyda Navoiyda COVID-19 aniqlangan kunlarda faqat bir marta — 4-avgust kuni kunlik kasallanishlar soni 10 tadan ko‘p (14 ta) bo‘lgan.

    Andijon viloyatida 3 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda oxirgi 36 kun ichida (17-iyuldan beri) faqat 3 marta — 25-iyul, 8-avgust va 15-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmagan. Andijonda deyarli har kuni COVID-19’ga chalinganlar aniqlanayotgan bo‘lsa-da, joriy hafta davomida kunlik kasallanganlar soni 5 nafardan oshmadi. Avgust oyida viloyatda 168 kishida koronavirus qayd etildi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 44 yoshli R.A. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 74 yoshli O.S. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 59 yoshli G.M. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 69 yoshli R.M. ismli ayol vafot etgan. SSV mart—iyul oylarida Toshkentda 88 kishi vafot etgani haqida xabar bergandi. Avgust oyining 21 kuni ichida poytaxtda koronavirusdan vafot etganlar soni 87 nafarni tashkil etmoqda.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 47 yoshli R.Yu. ismli erkak vafot etgan. Avgust oyida Toshkent viloyatida koronavirus asoratlaridan vafot etganlar 20 nafarga ko‘payib, jami 31 nafarga yetdi.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 260 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 269 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3825 nafar bemordan 277 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 373 nafarni tashkil etmoqda. Davolanayotganlarning 9,75 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    21-avgust kuni O‘zbekistonning 9 ta hududida 547 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 19-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

    Yangi tuzalganlarning

    • 382 nafari Toshkent shahrida;
    • 123 nafari Toshkent viloyatida;
    • 12 nafari Buxoro viloyatida;
    • 7 nafari Xorazm viloyatida;
    • 6 nafari Andijon viloyatida;
    • 6 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
    • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 3 nafari Namangan viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38074 nafar bemordan 33989 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda. Bu natija rekord hisoblanadi. Ilgari hech qachon koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi 88 foizdan oshmagandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 3825 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda, ya’ni koronavirus aniqlanganlarning 10 foizi davolanishni davom ettirmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 7-iyul kunidagi bemorlar soniga (o‘sha kuni 3819 nafar bemor davolanayotgandi) yaqinlashib qoldi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2933 nafar. Farg‘onada 5, Jizzaxda 7, Navoiyda 10, Xorazmda 17, Qashqadaryoda 20, Qoraqalpog‘istonda 20, Surxondaryoda 22, Sirdaryoda 29, Andijonda 36, Buxoroda 42, Namanganda 54, Samarqandda 118 va Toshkent viloyatida 512 nafar bemor qoldi.

    Toshkent shahrida koronavirusdan davolanayotganlar soni 6-iyuldan beri birinchi marta 3 mingdan kamaydi.

    21.08.2020, 23:57   Izoh (0)   114734
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘qon ko‘chalarida yo‘lovchilari isiriq tutatib yurgan yuk mashinasi haydovchisiga ma’muriy jarima tayinlandi

    21.08.2020, 23:42

    Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Rostovga navbatdagi poyezd jo‘nab ketdi

    21.08.2020, 22:56

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Volkswagen, Skoda va Isuzu maxsus mashinalarini ko‘zdan kechirdi

    21.08.2020, 22:41

    Sergelida 1680 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab foydalanishga topshirildi

    21.08.2020, 22:10

    Qashqadaryo hokimi Rossiyada chiqindi yig‘ib, onasini boqqan 11 yoshli Islombekning oilasiga 20 mln so‘m pul va o‘quv qurollari sovg‘a qildi

    21.08.2020, 21:47

    Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumani faollari bilan uchrashdi

    21.08.2020, 21:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:15

    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

    Reklama | 30 may, 20:00

    O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo – Italiya” ishbilarmonlar klubini tuzishni taklif etdi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:06

    Olimlar inson terisi kabi jarohatni davolay oladigan elastik material yaratdi

    Ilm-fan | 30 may, 20:00

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo - Italiya” ilmiy-taʼlim konsorsiumini tashkil etishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 30 may, 19:49

    O‘zbekistonda qancha maqsadsiz foydalanilgan yerlar zaxiraga qaytarilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 19:30

    Trampning savdo urushlari jahon biznesiga 34 mlrd dollardan ortiq zarar keltirdi

    Dunyo | 30 may, 19:10

    Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittdan yarashishni iltimos qilmoqda

    Layfstayl | 30 may, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.