• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina yaratgan tadqiqotchi uni o‘zida sinab ko‘rdi

    Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqargan shaxs — Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari, veterinariya fanlari doktori Lespek Kutumbetov ushbu preparatni birinchilardan bo‘lib sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda tadqiqotchi “Kazinform”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    Foto: “Akorda.kz”

    Foto: “Akorda.kz”

    Kutumbetov bilan birga uning olti nafar hamkasbi ham emlangan. “Bizning umumiy ahvolimiz yaxshi. Oradan ikki haftadan ortiq vaqt o‘tdi. Har kuni tana haroratimiz o‘lchanadi. Kuzatuvdamiz. Qon bosimimizni o‘lchaymiz. Immunitet borligini tekshirish uchun qon tahlili topshiryapmiz. Vaksina xavfsiz desa ham bo‘ladi. Xodimlarning birortasida hech qanday patologiyalar kuzatilmadi. Gematologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha organizmda, qonda himoya antitalari paydo bo‘lishni boshladi. Hammasi yaxshi deb o‘ylayman”, — degan u.

    Tadqiqotchining aytishicha, gap inaktivatsiya qilingan vaksina haqida ketmoqda. “Bu kimyoviy preparatlar bilan yo‘q qilish mumkin bo‘lgan oddiy virus”, — degan u.

    Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutida umumiy hisobda beshta vaksina ishlab chiqilmoqda. “Ikkitasi inaktivatsiyalashtirilgan va tirik. Undan keyingisi ikki turli virus asosidagi yangi avlod vaksinasi. Beshinchisi — subyedinik vaksina. U gen muhandisligi usulida yaratiladi.

    Bunday ko‘p miqdordagi vaksinalar boshqa hech bir korxonada, hatto chet elda ham tayyorlanmaydi. Qozog‘istonda, faqat bizda. Boshqa mamlakatlarda har bir tashkilot bittadan yoki ikkitadan vaksina ishlab chiqadi. Hamma yerda asosan vaksinaning yangi turi — vektorlisi ishlab chiqilmoqda. Chunki unda ish virulent emas, genetik modifikatsiyalashgan kompleks bilan ish olib boriladi. U bilan ishlash xavfsiz. Bilishimcha, Rossiya gen muhandisligi asosida yaratilgan vektorli vaksina taqdim etmoqda. Ular katta ehtimol bilan oldindan tayyorlab qo‘ygan, shu sababli ular tez ishlab chiqarishga o‘tdi”, — degan Kutumbetov.

    Vaksina qachon foydalanish uchun tayyor bo‘ladi, degan savolga javoban Lespek Kutumbetov uning sinovlari bir necha bosqichda amalga oshirilishini bildirgan. “Vaksina sinovining birinchi bosqichida cheklangan miqdordagi ko‘ngillilar qatnashadi. Ushbu bosqichda preparatning zarari bor-yo‘qligi tekshiriladi. Sinovlarning ikkinchi bosqichida vaksinaning immunogenligi tekshiriladi. Bunda odamlar soni ko‘proq bo‘ladi — har bir mamlakatda ular soni mustaqil belgilanadi. Uchinchi bosqichda vaksina ming kishida sinab ko‘riladi. Sentabrda Qozog‘istonda birinchi bosqich boshlanadi. Buning uchun 40 dan ortiq kishi orasidan ko‘ngillilar tanlab olinadi”, — deb aytgan.

    Qozog‘istonlik olimlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshlagani haqida mart oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. 1-avgust kuni Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazildi.

    Mavzuga doir: Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emas

    Eslatib o‘tamiz, 11-avgust kuni prezident Vladimir Putin koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qilgandi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani bilan Putinni tabrikladi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi samarali bo‘lishiga umid bildirdi.

    Mavzuga doir:

    • Hindiston koronavirusga qarshi uchta vaksinani sinovdan o‘tkazmoqda va ularni ishlab chiqarishga tayyor
    • Turkiya tomonidan yaratilgan vaksina odamlarda klinik sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi
    • Germaniyada koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida foydalanish uchun tasdiqlanishi kutilmoqda

    17.08.2020, 16:56   Izoh (0)   41557
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qanday joylarda koronavirusning tarqalish xavfi yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi

    17.08.2020, 16:33

    Belarus tomon Rossiya Milliy gvardiyasining o‘nlab harbiy texnikalari harakatlanayotgani qayd etildi (video)

    17.08.2020, 15:33

    Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni “Ket!” deya kutib oldi. Lukashenko: “Ket deb baqiraveringlar”, dedi va ketdi

    17.08.2020, 15:10

    Turkiyada karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda

    17.08.2020, 15:08

    Fransiyada karantin yumshatilganidan so‘ng COVID-19’ga chalinish bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni oshdi

    17.08.2020, 14:33

    Italiyada COVID-19’ga chalinganlar soni oshgani sababli karantin cheklovlari kuchaytirildi

    17.08.2020, 14:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozgi ta’tildan keyin bola tez-tez kasal bo‘lsa: farzandlar immunitetini oshirish sirlari

    Farzand | 15 avgust, 18:20

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    Shveysariyada plastik chiqindilar muammosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi

    Dunyo | 15 avgust, 18:05

    Transfermarket jarohat olgan futbolchilardan “ramziy terma jamoa” tuzdi

    Sport | 15 avgust, 18:00

    Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 17:40

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.