Turkiyaning Istanbul shahridagi Avliyo Sofiya masjidida 86 yildan beri birinchi marta juma namozi o‘qildi. Mazkur ibodatxona 1934-yildan buyon muzey maqomiga ega edi, biroq 2020-yil iyul oyining boshida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on muzeyni masjidga aylantirish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Vizantiya imperiyasi davrida qurilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi birinchi marta 1453-yilda, Konstantinopol usmoniylar tomonidan egallangan paytda masjidga aylantirilgan. Mustafo Kamol Otaturk prezidentligi davrida (1935-yilda) kompleks muzeyga aylantirilgan.

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan juma namozida Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning o‘zi ham qatnashgan. Namozxonlar nafaqat masjid ichiga, balki uning oldidagi maydonga ham joylashgan.

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Iyul oyida turk ommaviy axborot vositalari xristian avliyolari tasvirlangan freskalar namoz paytida yopilishini xabar qilgan. Hurriyet gazetasining yozishicha, namoz paytida maxsus yoritish tizimi o‘rnatilishi mumkin, lazer nurlari avliyolarning yuzlarini qoraytiradi. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi freskalarni parda bilan yopish variantni ham ko‘rib chiqqan, ammo bu asosiy variant bo‘lmagan.

Foto: CNN Turk

Turkiya rasmiylari 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan juma namozi vaqtida rasmlarni parda bilan yashirishga qaror qilgan.

AQSh, Fransiya va Gretsiya ibodatxona maqomining o‘zgarishiga qarshi chiqqan. Rus pravoslav cherkovi turk hukumatining qarori butun dunyo xristianlariga qarshi qaror bo‘lganini aytdi. Rus pravoslav cherkovi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Avliyo Sofiyaning masjidga aylanishi nafaqat butun xristian sivilizatsiyasiga, balki Rossiyaning ma’naviyati va tarixiga tahdid soladi.

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Ibodatxona YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. YuNESKO “obyektning o‘ziga xos universal qiymatiga ta’sir ko‘rsatilmasligini” talab qildi. Turkiya madaniyat vaziri bino masjidga aylantirilganidan keyin ham xristian avliyolarining saqlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilishga va’da berdi. Madaniyat vazirligi yodgorlikning tarixiy va madaniy qiymatini, shu jumladan xalqaro shartnomalar doirasida saqlanishini nazorat qiladi.

Foto: CNN Turk

Foto: CNN Turk

Ibodatxona maqomi o‘zgargandan keyin turistlar Avliyo Sofiyaga tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Turkiya matbuoti yozishicha, namoz o‘qiladigan joyda ularning ishtirokchilari uchun gilam yoyiladi. Sayyohlarning yurishi uchun maxsus yo‘lak ajratiladi.