Italiya koronavirus epidemiyasini yengdi. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Separansa ma’lum qildi.

Foro: Getty Images

“Italiya buning uddasidan chiqdi deb hisoblayman. Men hukumatni emas, butun mamlakatni nazarda tutyapman. Biz Xitoydan keyin jabrlangan ikkinchi mamlakat bo‘lgandik va bizda hech qanday yo‘riqnoma yo‘q edi”, — degan Roberto Separansa.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat “bo‘rondan” chiqdi, lekin hali xavfsiz joy topmadi. Separansaning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylar Italiya tarixida Ikkinchi Jahon urushi davridan buyon eng qiyin vaqt bo‘lgan. Shu bilan birga, mavjud vazir vaziyat kasallik ortda qoldi, deb aytishga hozircha imkon bermaydi. Vaksina paydo bo‘lganidan keyingina to‘liq g‘alaba haqida gapirish mumkin.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, 22-iyul holatiga ko‘ra Italiyada koronavirus qayd etilganlar soni 244 ming kishidan oshgan. Shundan 197 ming nafari sog‘aygan, 35 ming nafardan ortig‘i vafot etgan. Mamlakat kasallanganlar soni bo‘yicha G’arbiy Yevropada Buyuk Britaniya va Ispaniyadan keyin uchinchi o‘rinda.