• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: COVID’dan rasmiy va norasmiy o‘limlar, “qorako‘z investor” kim, samarqandlik “payg‘ambar”, Shum bolaning qaytishi

    Tarixiy kinolarda dushman qal’aga hujum qilganini ko‘rganmisiz? Qal’a himoyachilari uzoq vaqt jon olib jon berib to‘rt tarafdan suqilgan yovuz dushmanga qarshilik ko‘rsatadi. Biroq kuchlar teng emas, zaxiralar tamom bo‘lgan, dushman esa himoyasi bo‘sh yerlardan qal’aga sizib kirib, qirg‘inni boshlagan... Koronavirus bilan kurashimiz ham shu bosqichga kelib qoldi.

    Bugun O‘zbekistonda kuniga besh yuzdan ortiq virus yuqtirilishi hech kimni ajablantirmaydi. Aholi orasida rasman aniqlangan koronavirus yuqtirish holatlari yuzlab nafarni tashkil etmoqda. Norasmiylari bundan ham ko‘pligiga shubha qolmadi. 90-yillar guruhi “al-Vakil”ning “Bo‘m-bo‘sh ko‘chalar” qo‘shig‘i bugungi ko‘chalarga bag‘ishlab aytilgandek, igna tashlasa tushmaydigan yo‘llar bugun kimsasiz.

    Virus yuqtirganlar soni poytaxtda 4 092 kishini va Toshkent viloyatida 1 498 kishini tashkil etmoqda. Bu butun mamlakat bo‘yicha kasallarning 40 foizi deganidir. Toshkent shahrida koronavirusdan o‘lim soni ham keskin ko‘payib, 45 taga yetgan. 15-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash samarali tashkil qilmagani uchun Jahongir Ortiqxo‘jayev va Alisher Shodmonovga hayfsan berdi.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev va Alisher Shodmonov.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev va Alisher Shodmonov.
    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 15-iyul kuni prezident videoselektoridan so‘ng “Endi ‘tez yordam’ 15 daqiqa ichida yetib boradi, koronavirusga test natijalari bir kunda chiqadi”, deb aytdi. Biroq oradan to‘rt kun o‘tdiki, va’da amalga oshgani yo‘q. Buning sababini rejissor Sarvar Karimov voqeasidan bilib olamiz.

    Sarvar Karimov Twitter’dagi sahifasida o‘zi va oila a’zolari COVID-19 ga chalingani, otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etganini ma’lum qilgandi. “Bugun dadam qazo qildilar. Koronavirusdan. Lekin tashxis qo‘yilmadi... Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Davlatga ishonmang. Rasmiylarning barcha gapi yolg‘on. Ishonch raqamlariga telefon qilib tushib bo‘lmaydi, tushsangiz ham boshqa nomerni berib yuboradi... Alloh shifo bersin hammamizga”, deb yozgan u. Shundan so‘ng u butun oilasi bilan shifoxonaga yotqizildi. Sarvar Karimov shifokorlarning holatini ko‘rib, ularni asrashga chaqirdi: “...Hozir Nuroniy sanatoriysida davolanyapmiz. Vrachlar juda kam, butun shifoxonaga atigi 3–4 kishi. Qo‘ldan kelgancha yordam berishyapti, ammo ularga ham qiyin. Charchab, adoyi tamom bo‘lgan hammasi. Shifokorlarni asrang, kattakonlar”.

    Xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar o‘tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etildi. Koronavirus bemorlarini davolashda zarur bo‘lgan kislorod konsentratorlari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladigan bo‘ldi. Bloger va davlat boshqaruvi bo‘yicha mutaxassis Aziza Umarova kislorod konsentratorlarini yalpi olib kelib, erkin sotishni taklif qilgan edi. Narxi 350–1 000 dollar turuvchi bu apparatlarni keltirish uchun tadbirkorlar buyurtmalar qabul qilishni boshlab yubordi.

    Bu haftada COVID-19 infeksiyasini Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovlar ham yuqtirib oldi.

    Dorixonalarda arbidol, ergoferon kabi dorilar talash bo‘lib, narxi o‘nlab baravarga qimmatlashib ketdi. Odamlar oddiy spirt, yerqalampir (xren) va boshqa tabiiy vositalardan dardiga shifo izlamoqda.

    Hozirgi vaqtda poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz” maydonlarida koronavirus bemorlarini joylashtirish uchun koyka-o‘rinlar tayyorlanmoqda.

    2020-yil 19-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 607 nafarni tashkil etmoqda. 9 127 kishi sog‘aygan, 83 kishi vafot etgan.

    * * *

    “Qorako‘z investor” iborasi tobora ommalashmoqda. Xo‘sh, investorlar ko‘zining rangi qay chog‘li ahamiyatga ega? Keling buni oxirida yozamiz. Poytaxtdagi G‘afur G‘ulom  bog‘i 2019-yilda singapurlik investorga 49 yilga tekinga va tendersiz berilgani ma’lum bo‘ldi. Biroq jamoatchilik bu haqda oradan bir yil o‘tib (!)  xabardor bo‘ldi. Eng qizig‘i, 2019-yil 13-fevralda 700 dollar boshlang‘ich badal bilan ochilgan Singapurda ochilgan BMP Smart Decision Private Limited shirkatining yagona ta’sischisi — o‘zbekistonlik  bo‘lib chiqdi: Halimov Sherzod.

    Foto: Google Photos

    Singapurliklarda Halimov Sherzod degan ism-sharif uchramasligini hisobga olsak, o‘zimiznikilar o‘sha eski sxemada xorijda soxta firma ochib, keyin “xorijlik investor” niqobi ostida mamlakatdagi katta-katta, o‘ta qimmat yerlarni, binolarni tekinga, tendersiz olayotganini bemalol xulosa qilish mumkin. O‘zbekistonga haqiqiy chet elliklar ham sarmoya yotqizyaptimi, degan savol hamon dolzarb.

    * * *

    Bu haftadagi yangi tayinlovlar bilan tanishing. Darvoqe, yangi agentlik ham tashkil etildi.

    “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov yangi tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi.

    Senator Robixon Mahmudova Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimini 10 yil muddatga egalladi.

    Hozirgi paytda hammaning diqqati Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaratilgan. Shuning uchun bor resurslar SSVni mustahkamlashga qaratilmoqda. Prezident qaroriga asosan Abduhakim Hojiboyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Avvalroq SSV o‘rinbosarlari lavozimiga Elmira Bositxonova, Ulug‘bek Sobirov, Shohrux Shorahmetov hamda Abdulla Azizov tayinlangandi.

    Amrillo Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu lavozimda avval Alisher Sa’dullayev ishlab kelgandi.

    * * *

    Dronlarga nisbatan munosabat yumshamoqda. Dronni nafaqat to‘y-tantanalarda operatorning qo‘liga, balki jurnalistlarga ham berish nazarda tutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yangi tahrirdagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unda, jumladan, ommaviy axborot vositalari foto- va videomateriallarni tayyorlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha bo‘lgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod bo‘lmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkinligi nazarda tutilgan.

    * * *

    Jumanazar akadan keyin ancha zerikib qolgan tarmoq foydalanuvchilariga yangi ermak topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda o‘zini payg‘ambar deb chiqqan shaxsning videosi tarqaldi. Videodagi soqolli amakining da’vo qilishicha, u koronavirus balosini daf qila oladi. Buning uchun u Xitoyga borishi, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ham ko‘rishishi kerakligini aytadi.

    “Payg‘ambar”.

    “Payg‘ambar”.
    Foto: Samarqand viloyati IIB

    Shundan keyin surishtiruv ishlari boshlanib, bu inson “afg‘on”chi ekani, xizmat vaqtida bosh miya kontuziyasidan davolangani ma’lum bo‘ldi. Hozir bu kishining psixologik holatini aniqlash maqsadida Samarqand viloyat ruhiy kasalliklar dispanseri mutaxassisi ko‘rigidan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ham bu voqeaga e’tibor qaratib, odamlarni chalg‘imaslikka chorladi.

    * * *

    Bu haftada o‘zbek madaniyatining taniqli namoyandalaridan ayrildik. 11-iyul kuni O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev 63 yoshida vafot etdi. Shum bola rolini ijro etib o‘zbek tomoshabinlari qalbiga muhrlangan Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida onkologik kasallik tufayli olamdan o‘tdi. 18-iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev dunyodan o‘tdi. Bugun, yakshanba kuni O‘zbekiston xalq shoiri, yozuvchi Shukrullo (Yusupov) bir kam yuz yoshida qazo qildi.

    “Shum bola” graffitisi.

    “Shum bola” graffitisi.
    Foto: “Xalq so‘zi”

    Sog‘liqni saqlash tizimini shifokorlarning fidoyiligi tutib turibdi. Hozir shifokorga yuklama o‘n baravarga ortib ketdi. Ularni malomat qilmaylik, tushlikni 16-17 da, kechlikni 24 da yeyayotgan fidoyilarni asraylik. Shu jumladan o‘zimizni ham asraylik. Niqob taqing. Uyda qoling. Bu sinovlarning oxiri bor.

    19.07.2020, 19:51   Izoh (0)   132471
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qora sedana koronavirusni butkul davolay oladimi? Mutaxassis javobi

    19.07.2020, 19:21

    Toshkent shahrida 113 ta yangi kasallanish holati aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 16 600 nafardan oshdi

    19.07.2020, 18:20

    Toshkentda koronavirusga chalingan 47 yoshli ayol vafot etdi

    19.07.2020, 18:12

    Qashqadaryo SEOM mutasaddilari deyarli 918 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi

    19.07.2020, 17:49

    “Odamlar koronavirus yuqib qolsa ham vahima qilmasin. Oddiy shamollashdek o‘tib ketadi” — Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmati shifokori

    19.07.2020, 16:55

    “Tez yordam ‘rezinoviy’ emas, u har bir chaqiruvga ulgurolmaydi” — Toshkentdagi tez tibbiy yordam shifokori

    19.07.2020, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.