Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu ma’lumotni “Daryo”ga hukumatdagi manbalari tasdiqladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Prezident farmoni bilan 2020-yil, 29-iyunda tashkil etilgandi.

Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishdir.

Ma’lumot uchun, Akmal Burhonov 1981-yili Namangan shahrida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriatini, 2003-yili shu institutning magistraturasini tamomlagan. 2007-yilda Yaponiyadagi Nagoya davlat universitetini tugatib, ushbu universitet doktoranti ilmiy unvonini olgan.

2014-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2017—2019-yillarda “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yil boshidan buyon “Yuksalish” umummilliy harakati raisi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi