Daryo

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev vafot etdi

Anvar Kenjayev faoliyati davomida “Endi dadam bo‘ydoq”, “Sardor”, “Uchar otlar”, “Ta’zidagi to‘y” kabi filmlarda rollar ijro etgan

1 daqiqa o‘qish200 974 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev 18-iyul kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligining Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, Anvar Kenjayev faoliyati davomida “Endi dadam bo‘ydoq”, “Sardor”, “Uchar otlar”, “Ta’zidagi to‘y”, “Ada emas, dada”, “Oydinoy”, “Suv yoqalab”, “Yo‘qolgan odam” kabi filmlarda esda qolarli rollar ijro etgan.

“O‘zbekiston Madaniyat vazirligi marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor qiladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar