So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -1°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 50 nafarga yetdi

    09.07.2020, 22:31 91382

    Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan 53 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

    Xabarda qayd etilishicha, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 53 yoshli N.S. 2020-yil 20-iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.

    22-iyun kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, tez tibbiy yordam avtomashinasida Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jonlantirish bo‘limiga ko‘chirilgan. Unga COVID-19, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, unda gipertoniya kasalligi ham qayd etilgan.

    Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.

    Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

    53 yoshli N.S. koronavirusdan vafot etgan Buxorodagi to‘rtinchi, O‘zbekistondagi 50-bemor bo‘ldi.

    Kun davomida SSV 5 nafar bemorning vafot etgani haqida xabar berdi.

    Bungacha O‘zbekistonda 49 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

    • 27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);
    • 28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;
    • 7-aprel kuni Toshkentda koronavirusga chalingan chirchiqlik 40 yoshli Sh. ismli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;
    • 11-aprel kuni xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli N. ismli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;
    • 18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli A. ismli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;
    • 21-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 73 yoshli Sh. ismli erkak yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 22-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 54 yoshli G. ismli ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 24-aprel kuni Toshkentda angrenlik F. ismli ayol o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;
    • 29-aprel kuni Toshkentda 61 yoshli G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
    • 3-may kuni Namanganda M. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 13-may kuni Samarqandda koronavirusga chalingan O‘. ismli ikkinchi guruh nogironi o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 17-may kuni koronavirusga chalingani Surxondaryoda aniqlangan sirdaryolik I. ismli haydovchi yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
    • 18-may kuni Toshkentda samarqandlik I. ismli bemor yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
    • 26-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan va koronavirusga chalingan 63 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 31-may kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 63 yoshli X. ismli ayol bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
    • 3-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 72 yoshli M. ismli erkak o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan;
    • 6-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 70 yoshli Sh. ismli erkak miya shishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 8-iyun kuni Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli X. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 10-iyun kuni Toshkentga Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 25-iyun kuni Denov shahrida yashagan 59 yoshli B.X. ismli ayol yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (ushbu bemor 20-iyunda vafot etgani haqida Denov tumani hokimi 21-iyun kuni ma’lum qilgandi);
    • 28-iyun kuni Yuqori Chirchiqdagi karantin zonasida koronavirus yuqtirib olgan toshkentlik 52 yoshli A.U. ismli shifokor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan (ushbu bemor 26-iyun kuni vafot etgan);
    • 28-iyun kuni Toshkentda 42 yoshli D.X. ismli erkak bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;.
    • 29-iyun kuni Buxoroda 58 yoshli M.S. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 29-iyun kuni Jizzax viloyatida 72 yoshli Q.R. ismli erkak o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan
    • 30-iyun kuni Jizzax viloyatida 70 yoshli F.O. ismli ayol o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 30-iyun kuni Toshkentda qoraqalpog‘istonlik 62 yoshli B.Y. ismli erkak o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan
    • 1-iyul kuni Qashqadaryoda 64 yoshli S.H. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan (u 29-iyun kuni olamdan o‘tgan);
    • 3-iyul kuni Toshkentda 59 yoshli G‘.B. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (u 2-iyul kuni olamdan o‘tgan);
    • 3-iyul kuni Toshkentda saraton kasalligidan davolanib kelgan 77 yoshli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (u 2-iyul kuni olamdan o‘tgan);
    • 4-iyul kuni Toshkentda 65 yoshli erkak V.M. o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan (u 3-iyul kuni vafot etgan);
    • 4-iyul kuni Buxoroda 35 yoshli D.Sh. o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan (u 3-iyul kuni vafot etgan);
    • 5-iyul kuni Toshkentda 71 yoshli M.G. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan;
    • 5-iyul kuni Toshkentda 45 yoshli Z. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan;
    • 5-iyul kuni Toshkentda 49 yoshli N.U. ismli ayol ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 6-iyul kuni Toshkentda 67 yoshli L.M. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 6-iyul kuni Toshkentda 43 yoshli A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 6-iyun kuni Toshkentda 86 yoshli Z.R. ismli ayol miya shishi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 7-iyul kuni Samarqandda 61 yoshli O.N. ismli ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 7-iyul kuni Toshkentda 79 yoshli X.B. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 7-iyul kuni Navoiyda 38 yoshli X.Sh. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishidan
    • 8-iyul kuni Toshkentda 64 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan
    • 8-iyul kuni Toshkentda 64 yoshli B.K.ning o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan; 
    • 8-iyul kuni Qorapog‘istonda 56 yoshli Z.D. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 8-iyul kuni Navoiy shahrida yashovchi 52 yoshli B.A.ning o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida;
    • 8-iyul kuni Toshkent shahrida 72 yoshli L.S. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 9-iyul kuni Buxoroda 40 yoshli afg‘onistonlik M.H. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 9-iyul kuni Toshkentning Uchtepa tumanida yashovchi 83 yoshli Sh.T. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 9-iyul kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli R.N. ismli erkak o‘tkir yurak- qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 9-iyul kuni Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli M.O. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Arsenal” safarda “Aston Villa”ga mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 00:27

    A Seriya. “Milan” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atalanta”ga mag‘lub bo‘ldi

    Kecha, 23:58

    “Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir” — Shavkat Mirziyoyev

    Kecha, 23:31

    O‘zbekistonning birinchi ayol kinorejissori Qamara Kamolova 85 yoshga to‘ldi

    Kecha, 23:21

    La Liga. “Real” safarda “Betis” bilan durang o‘ynadi (video)

    Kecha, 23:13

    APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, “Liverpul”da irodali g‘alaba (video)

    Kecha, 23:04

    Ohak ishlab chiqarish sexi va issiqxona gazdan noqonuniy foydalanib, 876 mln so‘mlik zarar yetkazdi

    Kecha, 23:00

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    Kecha, 22:37

    O‘zbekiston elchisi Polsha prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

    Kecha, 22:36

    Fitch Toshkent shahrining “barqaror” reytingini bekor qildi

    Kecha, 21:45

    Tavsiya etamiz

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.