• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12674.37
    • RUB161.23
    • EUR14470.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    XDP deputati O‘zbekistondagi “To‘y-hasham industriyasi” haqida fikr bildirdi

    Yana to‘ylar haqida...

    Bir asr muqaddam buyuk alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida hashamatli to‘y va ta’ziyani millatni xonavayron va g‘arib etguvchi “qattol dushman”ga qiyoslagan.

    Ushbu illatlar bilan yurtimizda doim kurashishga harakat qilib kelingan. Yillar davomida ziyolilar, diniy ulamolar hamda jamoat va davlat tashkilotlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borilgan. Lekin, ushbu illatlar kamayish o‘rniga tobora kuchayib bordi, odamlar o‘rtasida to‘y-hashamlar, ma’rakalarni o‘tkazish yomon “musobaqa”ga aylandi, turli-tuman yangi odatlar bilan “boyitildi”.

    Oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan parlamentimiz tomonidan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, turli ma’raka va marosimlar o‘tkazishni tartibga solish bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, qat’iy ma’muriy choralar belgilandi. Afsuski, sa’y-harakatlar aholi o‘rtasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zan noo‘rin e’tirozlar va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim pul topib, aql topmagan kishilar dabdabali to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar o‘tkazishdan o‘zini tiyishni istamadi.

    Sinovli kunlar har xil tortishuvlarga barham berib, asrlar davomida kurashib kelinayotgan illatlarga chek qo‘ydi. Pandemiya vaqtida virus bilan zararlanish xavfi turmush tarzimizni butunlay o‘zgartirib, tartibga, me’yorga rioya etishga majbur qildi.

    Ma’lumki, maxsus komissiya qarori bilan virus xavfi kam hududlarda 30 kishilik, ixcham nikoh to‘ylari o‘tkazishga ruxsat berildi. Shu kunlarda mazkur tartibga asosan to‘ylar ixcham va ortiqcha isrofgarchiliksiz o‘tkazilmoqda. To‘ydan iqtisod qilingan mablag‘lar yosh oilani moddiy ta’minotini mustahkamlashga sarflanyapti. O‘zim ikkita to‘yga yillar davomida hozirlik ko‘rgan oila 30 kishilik to‘ydan ortgan mablag‘ga avtomashina olganini eshitdim. To‘g‘risi, bunday xabarlar odamni quvontiradi.

    O‘zaro suhbatlarda isrofgarchiliksiz, ortiqcha daxmaza va dabdabasiz o‘tayotgan to‘ylar ko‘pchilikka manzur bo‘layotganini eshityapmiz.

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma ham fuqarolarimizning ixcham to‘ylar o‘tkazishga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgarganini ko‘rsatmoqda. So‘rovnomada ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi 30 kishilik to‘yni yoqlab ovoz bergan, qolganlari esa 100 va 200 kishilik to‘yni yoqlagan, birorta fuqaro dabdabali to‘y o‘tkazishni yoqlamagan.

    Albatta, bugungi kunda millatni xonavayron va g‘arib etguvchi “qattol dushman”ga umumiy munosabatimiz o‘zgargani, to‘y va marosimlar ixcham o‘tkazilayotgani quvonarli holat. Biz buni an’ana darajasiga ko‘tarishimiz kerak, deb o‘ylayman.

    Lekin, bu oson emas. Chunki yangi ko‘nikmani asrab qolish faqat to‘y qiluvchilarning dunyoqarashi, istagi bilan amalga oshishi qiyin.

    Bizni qanday xavf kutyapti?

    Bozor iqtisodiyotining talab va taklif kabi o‘zgarmas qonunlari bor. Nafaqat talab taklifni shakllantiradi, balki taklif o‘z navbatida talabni vujudga keltiradi.

    Keyingi yillarda yurtimizda to‘y-hashamlar bilan bog‘liq katta hufyona industriya shakllandi. Deyarli barcha qishloqlarda serhasham to‘yxonalar barpo etildi. To‘yxonalar atrofida o‘rtakashlar, dasturxonchilar, pishiriqchilar, bezakchilar, suratchilar va boshqa son-sanoqsiz turli xizmatlar rivojlandi. Ushbu xizmatlar majmuasi katta mablag‘ aylanuvchi, katta daromad keltiruvchi hamda xufiyona iqtisod bilan chambarchas bog‘liq “to‘y-hashamlar industriyasi”ni tashkil qiladi. Bu industriyaga olg‘ir “tadbirkor”larning milliardlab mablag‘lari tikilgan va bu mablag‘lar ularga daromad keltirishi kerak.

    Eng xavflisi, ushbu industriyada davlat organlarida ishlab turib, korrupsion pullari evaziga o‘z biznesini tashkil qilgan kimsalar ham yo‘q emas. Tabiiyki, to‘y-hashamlar ixchamlashishi, kamxarj o‘tkazilishi ularning “manfaat”lariga tamomila zid keladi. Shuning uchun ular zimdan faol qarshilik ko‘rsatishni boshlaydi. Pandemiyadan keyin yengilliklar berilganida, “to‘y-hashamlar industriyasi” dabdabali marosimlar o‘tkazish bo‘yicha agressiv targ‘ibotini boshlaydi va turli yangi “xizmatlar” taklif qilib, havasmand yoshlar, soddaroq ota-onalarni xarajat botqog‘iga tortadi. Farzandi baxtini o‘ylaydigan oiladan har xil bahonalar bilan pul shilishning payiga tushadi.

    Bu muammoni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?

    Avvalambor, “to‘y-hashamlar industriyasi”da band bo‘lgan tadbirkorlarga o‘z faoliyatini boshqa yo‘nalishda boshlashi uchun imkoniyat yaratib berish kerak.

    Buning uchun hukumat tomonidan “to‘y-hashamlar industriyasi”da band bo‘lgan tadbirkorlar to‘g‘risida aniq ma’lumot to‘planishi hamda ularning faoliyatini fuqarolar va jamiyat uchun foyda keltiradigan faoliyat turiga o‘zgartirishga yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi lozim.

    Misol uchun, ulkan to‘yxonalar negizida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi markazlar, pedagog kadrlarni kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, yoshlarning madaniy hordiq chiqarish maskanlari, fuqarolar va jamiyat uchun haqiqatda foydali bo‘lgan ijtimoiy-madaniy muassasalarni yuzaga keltirish kerak.

    Tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishini o‘zgartirish majburlash yo‘li bilan emas, balki soliqdan imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar taqdim etish, o‘zgarishlardan manfaatdorlikni oshirish orqali bo‘lishi kerak.

    Albatta, bu takliflar go‘yoki tadbirkorlikning qaysidir turlarini cheklashga harakat qilinayotganday fikr uyg‘otishi mumkin. Lekin aslo unday emas, tadbirkorlikni cheklash tarafdori emasmiz. Biz tadbirkorlar millatni, jamiyatni tanazzulga emas, aksincha, taraqqiyotga, ma’rifatga yetaklashi tarafdorimiz.

    Ulug‘bek VAFOYEV

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

    O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi

    Reklama huquqi asosida.

    26.06.2020, 18:00   Izoh (0)   46909
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avtomobil sotib olmoqchimisiz? “Autotex yordam” — tez va qulay!

    26.06.2020, 15:00

    O‘zbekiston bo‘yicha jo‘natmalar atigi 7000 so‘m – 24 soat ichida!

    26.06.2020, 09:15

    “AziyaEkspress” pul o‘tkazmalari tizimi va “Rosselxozbank” AJ Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari tarmog‘ini kengaytirmoqda

    25.06.2020, 18:00

    Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti kirish imtihoni uchun onlayn test sinovlarini boshladi

    25.06.2020, 15:00

    “Agrobank” pandemiya davrida masofaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirdi

    25.06.2020, 12:00

    Har bir inson muqim simsiz ulanish texnologiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart

    24.06.2020, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

     

    Tavsiya etamiz

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston prezidenti tashrif buyurgan O‘zbekiston-Qatar bahsidan fotogalereya

    O‘zbekiston | 11 iyun, 00:33

    Toshkent xalqaro aeroportida qariyb 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:55

    BMT hisoboti: Tug‘ilishning pasayishi yashash darajasi oshishi va kelajak tashvishi bilan bog‘liq

    Dunyo | 10 iyun, 23:45

    Odam savdosi uchun qidirilayotgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:35

    Buxoroda ota maktabga kelib, o‘g‘lining sinfdoshlarini ayovsiz kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:25

    “Rossiyaning tegishli idoralarini O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirib qolamiz” — TIV

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 10-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:05

    Britaniya qirollik oilasida hanuzgacha amal qiladigan 9 g‘ayrioddiy taqiq

    Layfstayl | 10 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.