• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyati hokimi qurilishdagi korrupsiya haqida gapirdi. Viloyatda qurilish ustidan nazorat kuchaytiriladi

    Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovning aytishicha, qurilish kompaniyasi qurilishni vaqtida bajara olmasa, oyma-oy, kunma-kun hisoblangan parametrlardan asossiz ravishda ortda qolsa, holat atroflicha o‘rganib chiqiladi, asossiz ravishda shunday qilgan bo‘lsa, tuzilgan shartnoma bekor qilinadi. Toshkent viloyati hokimi bu haqda viloyatdagi qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda qurilish sohasida shu vaqtgacha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilingan.

    “Qiziq fakt. Turli dasturlar va rasmiy topshiriqlar bo‘yicha qurilishi kerak bo‘lgan bitta obyektga viloyatda o‘rtacha 24 ta qurilish tashkiloti to‘g‘ri kelyapti. Buning sababi nima? Yashirib nima qildik, shunday davrlar bo‘ldiki, qurilish sohasida korrupsiya avj oldi, ajratilgan mablag‘ning enidan-bo‘yidan urib qolish evaziga sifatsiz qurilgan binolarni ko‘rdik, ko‘ryapmiz”, — dedi Rustam Xolmatov.

    Qayd etilishicha, majlisda qurilish ishlarini sohaning o‘z egalari olib borishi muhimligi ta’kidlangan.

    “Sobiq hokim, prokuror, soliq idorasining rahbarlaridan biri bo‘lib ishlagan odam keyinchalik qurilish tashkiloti ochgan. Nega?! Axir u quruvchi emas-ku! Chunki qurilishda ‘otkat’ bor, pul bor. Men o‘zim shundaylarning biri bilan suhbatlashdim. ‘Nima qura olasan?’, deb so‘rasam, ‘Nima qur desangiz, quraman!’, deydi. Yo‘q, bu quruvchining gapi emas. Obyekt olib, uni yollanma ishchilarga topshirib, o‘rtada pul ishlaydigan o‘rtakashning gapi bu”, — deya ta’kidlagan viloyat hokimi.

    Rustam Xolmatov Parkentda qurib bitkazilgan bo‘lsa-da, ayrim kamchiliklari borligi uchun hali qabul qilib olinmagan, budjetdan ajratilgan mablag‘lar to‘la o‘zlashtirilmagan maktabgacha ta’lim tashkilotining bahordagi kuchli shamol natijasida tomi uchib ketganini yodga olib, endilikda yana mablag‘ sarflab inshootni qayta qurayotgan quruvchi uchun bu katta saboq bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

    Bundan tashqari, uchrushuvda Angren shahrida 2018-yili foydalanishga topshirilishi belgilangan maktabgacha ta’lim tashkiloti haligacha foydalanishga topshirilmagani, sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanish oqibatida binoning taqdiri noma’lum qolayotgani tanqid qilindi. 2019-yilda shahar va tumanlar hokimlarining tavsiyasi asosida obyektlar uchun qurilish korxonalari tanlangan bo‘lsa, 2020-yil ochiq tender yo‘li bilan quruvchilar saralab olingan.

    “Qurilishda ikkita asosiy me’yor bor — sifat va muddat. Biroq ayrim qurilish tashkilotlari tomonidan ko‘pincha obyektni foydalanishga rejalashtirilgan vaqtidan kechiktirib topshirish ‘an’ana’si bor. Endi bunday bo‘lmaydi. Qaysi tashkilot qurilishni vaqtida bajara olmasa, oyma-oy, kunma-kun hisoblangan parametrlardan asossiz ravishda ortda qolsa, holat atroflicha o‘rganib chiqiladi, asossiz ravishda shunday qilgan bo‘lsa, tuzilgan shartnoma, kerak bo‘lsa, bir tomonlama bekor qilinadi”, — deb ta’kidlagan viloyat rahbari.

    Qayd etilishicha, oxirgi bir yilda viloyatda 20 dan ortiq qurilish tashkilotlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Viloyat hokimi bu masalaga to‘xtalar ekan, qurilish jarayonidagi e’tiborsizlik, loqaydlik tufayli yo‘l qo‘yilgan bu kamchiliklarning oldini vaqtida olishga e’tibor qaratgan.

    Rustam Xolmatov qurilish ishlari boshlangandayoq har bir obyekt bo‘yicha tegishli jamoatchilik vakili — xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, moliya boshqarmasi, davlat moliyaviy nazorat organining viloyat boshqarmasi vakillari ishlarning borishi, sifati kalendar-rejaga, tegishli ko‘rsatkichlarga muvofiqligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishi bo‘yicha tizim tashkil etishga topshiriq berdi.

    Unga ko‘ra, endilikda Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan qurilish ishlarining borishini tegishli nazorat-taftish organlaridan tashqari sektor rahbarlari, deputatlar, moliya organlari nazorat qilib borishi, inshootning o‘z vaqtida va yuqori saviyada foydalanishga topshirilishi yuzasidan barchaga nisbatan hisobdorlik joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

    “U yoki bu quruvchiga sodir etgan qilmishi uchun jinoiy ish ochilishi — chuqur qaraganda, bo‘lar ish bo‘lgandan keyingi jarayon. Jamiyat va davlat uchun yutuq emas, yo‘qotish. Nega endi hali u ishni olib borayotgan, qurilish jadal ketayotgan paytda davlat budjeti mablag‘larini o‘zlashtirishiga mas’ullar jim qarab o‘tiradi? Aytaylik, istalgan tuman moliya bo‘limi rahbaridan hududidagi qurilish obyektlari haqida so‘rasangiz, bilmaydi. Holbuki, u emasmi budjetning nazoratchisi?”, — dedi viloyat hokimi.

    Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda haftaning har shanba kuni qurilish sohasi xodimlari bilan 2020-yilda qurilishi mo‘ljallangan obyektlarda ishlarning borishini muhokama etish, bunda tegishli mas’ullarning axborotini eshitishga kelishilgan.

    Mavzuga doir:

    • Toshkent viloyati hokimi Ohangaron, Quyi Chirchiq, Piskent tumani hokimlarini ogohlantirdi. Qurilish bo‘yicha mansabdorlarga hayfsan berdi
    • Deputatlar tomonidan O‘zbekistonda qurilish sohasini korrupsiyadan xoli qilish masalasi muhokama qilindi
    • Shavkat Mirziyoyev karantin davrida qurilish hajmi kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi
    • O‘zbekistonda 1-iyuldan loyiha-qidiruv, 1-sentabrda qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi

    19.06.2020, 21:39   Izoh (0)   18409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yosh bolani parvarish qilayotgan shaxsning mehnat huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin

    19.06.2020, 20:44

    O‘zbekistonda 2020-yilning 5 oyida 31,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

    19.06.2020, 20:20

    “Yaxshiyam ijtimoiy tarmoqlar bor ekan, hozir bizga hamma masalalarni ochiq-oydin ko‘rsatib beryapti” — Tanzila Norboyeva

    19.06.2020, 19:31

    Sardoba falokatidan keyin qayta ochilgan Toshkent—Samarqand yo‘li yana yopildi

    19.06.2020, 19:07

    “Maktablarda erkak o‘qituvchilarning kamayib ketgani katta muammo” — Tanzila Norboyeva ota-onalarga murojaat qildi

    19.06.2020, 18:55

    O‘zbekistonda qancha ehtiyojmand oila borligi ma’lum qilindi

    19.06.2020, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:27

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58

    Qozog‘iston aholi jon boshiga YIMda Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi

    Dunyo | 15 avgust, 09:56

    Konor Makgregor UFC ro‘yxatidan o‘chirilgani rad etildi

    Sport | 15 avgust, 09:55

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim oilalarga ichimlik suvi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.