• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yaxshiyam ijtimoiy tarmoqlar bor ekan, hozir bizga hamma masalalarni ochiq-oydin ko‘rsatib beryapti” — Tanzila Norboyeva

    Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 19-iyun, juma kuni o‘tkazilgan beshinchi yalpi majlis davomida joylardagi senatorlarning jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlar va qizg‘in muhokama qilinayotgan masalalarni jim kuzatishini, shuningdek, deputatlarning xalq bilan muloqotga kirishmasligi, ularning odamlardan o‘zini olib qochishini tanqid qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uning aytishicha, hududlardagi senatorlar, deputatlar “muammolar portfeli”ni tuzib, markazdan ishchi guruhi kelishini kutib o‘tirmasdan muammolarni Senat yoki mahalliy Kengash muhokamasiga kiritib borishi kerak.

    “Biz hududlarga chiqqanda ijro organlari yoki boshqa tuzilmalar vakillaridan ishchi guruh tuzib, muammo axtarib yuribmiz. Aslida hududlardagi senatorlarimiz, deputatlarimiz bizni ‘muammolar portfeli’ bilan kutib olishi yoki markazdan ishchi guruhi kelishini kutib o‘tirmasdan muammolarni Senat yoki mahalliy Kengash muhokamasiga kiritib borishi kerak emasmi?! Buning uchun vakolatlar yetarli-ku!” — dedi u.

    Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqlarda muammolarni hamma muhokama qilayotganda, munosabat bildirayotganda senatorlarni “jim” turishini tanqid qildi.

    “Ijtimoiy tarmoqlarga kirib ko‘ring, har kuni bir muammo, ichki ishlar xodimi kimnidir kaltaklagan, u o‘lib qolgan, qaysidir hokim tadbirkorga zug‘um qilgan, kimlardir majburiy mehnatga jalb qilingan, qayerdadir firibgarlar odamlarni ommaviy aldagan, chegara hududlardagi aholini yillar davomida to‘planib qolgan muammolar qiynab kelyapti. Mana shunday holatlarni yana ko‘plab sanash mumkin. Bunday muammolarni hamma muhokama qiladi, munosabat bildiradi, xulosalarini aytadi. Lekin o‘sha joylardagi senatorlarimiz jim, ulardan aks-sado ham chiqmaydi”, — deya qayd etdi Senat rahbari.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, senatorlar qachonki ularga topshiriq berilsa, borib xabar olsin, deyilsagina boradi va shundan keyingina shug‘ullana boshlaydi. “Aslida unday bo‘lishi kerak emas. Yaxshiyam ijtimoiy tarmoqlar bor ekan, hozir bizga hamma muammolarni ochiq-oydin ko‘rsatib beryapti”, — deydi u.

    Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan muammolar bo‘yicha tizimli ishlash bo‘yicha choralar belgilansa va bu borada “mas’ullar, ayniqsa, senatorlar mas’uliyatini oshirsa, xalqimiz kutgan ish bo‘lar edi”, deb qo‘shimcha qildi.

    19.06.2020, 19:31   Izoh (0)   38268
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sardoba falokatidan keyin qayta ochilgan Toshkent—Samarqand yo‘li yana yopildi

    19.06.2020, 19:07

    “Maktablarda erkak o‘qituvchilarning kamayib ketgani katta muammo” — Tanzila Norboyeva ota-onalarga murojaat qildi

    19.06.2020, 18:55

    O‘zbekistonda qancha ehtiyojmand oila borligi ma’lum qilindi

    19.06.2020, 18:40

    O‘zbekistonda tez yordam vaqtida yetib kelmagani oqibatida 2 yilda 48 mingdan ortiq odam vafot etgan

    19.06.2020, 18:11

    Feruza Mahmudova O‘zbekistonning Isroildagi elchisi etib tayinlandi

    19.06.2020, 17:48

    Toshkentda nishonlangan tug‘ilgan kunda 13 kishi koronavirus yuqtirdi

    19.06.2020, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.