• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti bilan bankning O‘zbekistondagi loyihalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti bilan videoaloqa orqali muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan munosabatlarida keyingi yillarda yuksak darajaga erishilgani va samarali o‘zaro hamkorlik amalga oshirilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Qayd etilishicha, “Yo‘l xaritasi” va YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha strategiyasi birgalikda amalga oshirilishi tufayli bugun ushbu bank mamlakatda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan ustuvor dastur va loyihalarni ilgari surishda muhim sheriklardan biriga aylandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda loyihalar portfeli qariyb 1,2 milliard dollarni tashkil etib, barcha ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan. Ajratilayotgan mablag‘larning uchdan bir qismi xususiy sektor va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan respublikada koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini kamaytirishga yo‘naltirilmoqda. Bundan tashqari, tomonlar umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan yangi loyiha takliflarini ko‘rib chiqmoqda.

    “Bank ekspertlari O‘zbekistonda davlat-xususiy sherikligi, kapital bozorini rivojlantirish, bank tizimini isloh qilish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bo‘yicha qonun hujjatlari va strategik tashabbuslarni ishlab chiqishda ham faol ishtirok etdi”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, YeTTB Toshkentdagi vakolatxonasini kengaytirdi, Andijon shahrida ofisini ochdi. Kelgusi yilda Urganch shahridagi ofis o‘z ishini boshlashi kutilmoqda.

    O‘zbekiston Prezidenti hamkorlikning amaliy natijalari haqida so‘z yuritar ekan, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va samarali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi va bu borasidagi faol sa’y-harakatlari uchun Suma Chakrabartiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

    Yetakchi xalqaro moliyaviy institut rahbari bunday shakldagi uchrashuvning tashkil etilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirib, bank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar yo‘lini va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy siyosatni har tomonlama, shu jumladan, loyihalar portfeli va moliyaviy-texnik ko‘mak hajmini kengaytirish orqali qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Suma Chakrabarti Sirdaryo viloyatidagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish va mamlakatda pandemiya keng yoyilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan kompleks chora-tadbirlarni yuksak baholadi.

    Videomuloqot chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. YeTTBning davlat korxonalarini transformatsiya qilish va banklarni xususiylashtirishdagi ishtirokiga, energetika va neft-gaz tarmoqlarini isloh qilish, ajratilgan kreditlarni samarali o‘zlashtirish, biznesni, shu jumladan to‘qimachilik tarmog‘idagi loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirishga, jumladan, Toshkent shahrida bo‘lajak Xorijiy investorlar kengashining uchrashuvi va 2023-yilda Samarqand shahrida YeTTB boshqaruvchilar kengashi majlisini o‘tkazishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish borasida kelishib olindi.

    Eslatib o‘tamiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston banklariga yordam tariqasida 220 million dollar, O‘zbekiston kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million dollar ajratishi ma’lum qilingan.

    Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti bilan 2017, 2018, 2019 va 2020-yillarda uchrashgan.

    Mavzuga doir: Yevropa Ittifoqining yangi moliyaviy yordami O‘zbekistonda pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun yo‘naltiriladi

    11.06.2020, 19:58   Izoh (0)   27909
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand va Navoiyda 12 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3623 nafarga yetdi

    11.06.2020, 19:41

    Senatning beshinchi yalpi majlisi 19-iyun kuni videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi

    11.06.2020, 19:34

    O‘zbekistonda 12-iyun kuni havo biroz bulutli bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    11.06.2020, 19:11

    Qo‘shko‘pirda bir ayolni “samosud” qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

    11.06.2020, 18:58

    O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon Mudofaa vazirligi tomonidan qancha hudud dezinfeksiya qilingani ochiqlandi

    11.06.2020, 18:33

    Svetlana Ortiqova: Korrupsiya ko‘proq mansabdorlarga taalluqli, ammo fuqarolar shunga zamin yaratadi

    11.06.2020, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.